TOSHKENT, 20 okt — Sputnik, Mariya Sheludyakova. Oktyabr oyining boshida Samara va Tolyatti shaharlaridan professional sayohatchilar guruhi Toshkent – Samarqand – Buxoro – Xiva yoʻnalishi boʻylab oʻn kunda olti ming km masofani avtomobillarda bosib oʻtishdi.
Sayohatchilar orasida Rossiya, Ukraina, Belorussiya va Latviya fuqarolari bor edi. Boshida sayohatchilar Oʻzbekiston hududida havo sharlarida sayohat qilishni rejalashtirishgandi, lekin Oʻzbekistonda xususiy aviatsiya va boshqa uchuvchi apparatlar parvozi qatʼiyan man qilinganligi tufayli, rejani oʻzgartirishga toʻgʻri keldi.
Sayohatchilar avtomobillarda Oʻzbekiston tarixiy shaharlar va choʻlu biyobonlardan oʻtib Orol dengizi hududiga yetib kelishdi. Oldin katta baliqchilik xoʻjaligi boʻlgan Moʻynoq shahrida boʻlishdi. U yerdan avtomobillarda Orol dengizi tubi boʻylab harakat qilishdi.
“Biz dengiz tubi boʻylab 140 kilometr masofani bosib oʻtdik va Orol dengizi markaziga yetib keldik”, — dedi suhbatdosh.
Ekspeditsiya aʼzolari mahalliy aholi bilan muloqotda boʻlishganda, ular Orol dengizi har yil kamayib borayotganini aytishdi. Qozogʻiston tomonda esa uning sathi yil sayin koʻtarilib bormoqda. Oʻzbeklar bilan boʻlgan muloqot juda katta taassurot qoldirdi – odamlar unchalik boy boʻlmasada, juda koʻngilchan va mehmondoʻst.
“Oʻzbekiston, soʻzsiz, juda chiroyli respublika. Biz tomosha qilgan qadimiy joylar katta taassurot qoldirdi. Oʻzbeklar juda koʻngilchan”, — dedi Vozilov.
Vozilovning fikriga koʻra, Oʻzbekiston – turizm uchun juda istiqbolli mamlakat, chunki bu yerda hamma narsa juda arzon. Turar joy va ovqatlanish, asosan meva va sabzavotlar juda arzon, lekin yonilgʻi qimmat, deb qoʻshib qoʻydi sayohatchi.
Oʻzbekistondan chiqib ketish paytida, bojxonada biroz qiynaldik.
“Bojxona xizmatidan oʻtish uchun 16 soat vaqt ketdi. Mashinalar soni uncha koʻp boʻlmaganini hisobga olganda, bu juda uzoq. Bojxona xodimlari juda sekin ishlashadi. Har bir mashina uchun bir soatdan koʻp vaqt ketdi. Menimcha bu haddan ziyod koʻp”, — deb soʻzini yakunladi professional sayohatchi.
Dastlabki rejalarni oʻzgartirishga toʻgʻri kelganiga qaramasdan, sayohatchilar ushbu safardan mamnun boʻlib qaytdilar. “Samarqand va Toshkent kutilgandan ham ortiq taassurot qoldirdi, Buxoro bilan Xiva esa – taajubga soldi”, dedi xalqaro ekspedtsiya aʼzosi.