Mirziyoyev qaroriga asosan qator institutlar Fanlar Akademiyasi tarkibiga qaytarildi

© PixabayImzo
Imzo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori e’lon qilindi

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. Ilmiy-texnik salohiyatning hozirgi kundagi ahvoli, kadrlar bilan ta’minlanganligi, ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika, tajriba va laboratoriya bazalarining rivojlanish darajasi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining jadal sur’atlaridan ortda qolmoqda.

Qator tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha milliy ilm-fan, ayniqsa akademik fanning raqobatbardoshligini yuqori halqaro darajalarga mos keltirish zarurati ham yuzaga keldi.

Ish - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev yangi tahliliy markaz tashkil etishga farmoyish berdi
Ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatini moliyalashtirish tizimida bir qator muammolar mavjud. Natijada, ilmiy faoliyat nufuzi birmuncha pasayib, iqtidorli yoshlarning boshqa sohalarga ketib qolish holatlari kuzatilmoqda, ilmiy kadrlarning o‘rtacha yoshi ortib borishi tendensiyasi saqlanib qolmoqda.

Shu munosabat bilan, davlat ilmiy-texnika dasturlarini shakllantirish, amalga oshirish va monitoringini yuritish jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi yagona tizimning mavqeyi va salohiyatini tiklash, olimlarga keng ko‘lamli ilmiy izlanishlarni amalga oshirishlari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish bugungi kunning hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalaridan biriga aylandi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ham ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etishga ta’lim va fan sohasini rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida alohida e’tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, respublika viloyatlarida bo‘lib o‘tayotgan xalq bilan bevosita muloqot paytida Prezident tomonidan barcha hududlarda ilm-fan salohiyatini tiklash, hududlarning kompleks rivojlanishini ta’minlashda mavjud intellektual salohiyatdan samarali foydalanish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb qilish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilmoqda.

Qur’on o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin
Ushbu vazifalarni amalga oshirishda ilmiy izlanishlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning real muammolariga yo‘naltirish, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi uzviy integratsiyani ta’minlash, o‘z navbatida, ishlab chiqarish korxonalari tomonidan olimlarning ilmiy-texnologik ishlanmalarini amaliyotga joriy qilish samaradorligini oshirish mexanizmlarini yaratish masalalari o‘ta muhim ahamiyat kasb etadi.

Mazkur sohada to‘planib qolgan muammolarni hal etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan keng ko‘lamli miqyosdagi aniq maqsadli ishlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorga ko‘ra zamonaviy talablar asosida Fanlar akademiyasining asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan.

Bundan tashqari, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yanada mustahkamlash maqsadida Fanlar akademiyasi tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot muassasalari tashkil qilinib, qator muassasalar akademiya tasarrufiga qaytarilgan. O‘z navbatida bu tadbirlar Fanlar akademiyasi tomonidan keng ko‘lamli fundamental tadiqotlar olib borilishini ta’minlash, turli fan tarmoqlari bo‘yicha mavjud ilmiy salohiyatni mujassamlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarning dolzarb muammolariga safarbar qilish imkoniyatini yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibida quyidagi institutlar bo‘ladi:

— O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Tarix instituti;

— O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Matematika instituti negizida V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti;

— O‘zMU Fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari va noyob obyektlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi FVV huzuridagi Radiatsiya xavfsizligi markazi negizida Yadro fizikasi instituti;

Toshkent Davlat Sharqshunoslik instituti - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Yusuf Xos Hojib ijodiga bag‘ishlangan konferensiyaga o‘tkaziladi
- Toshkent davlat texnika universiteti Muhandislik-fizika fakultetining tegishli laboratoriyalari negizida U.A.Arifov nomidagi Ion-plamza va lazer texnologiyalari instituti;

— O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Inshootlar seysmik mustahkamligi instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi Tarmoq mashinasozligi muammolari ilmiy-tadqiqot markazi negizida M.T.O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti;

— O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi negizida Polimerlar kimosi va fizikasi instituti;

— Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lozmalari markazi negizida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti;

— Samarqand shahridagi Arxeologiya instituti va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologiya institutining Toshkent bo‘limi negizida Ya.G‘ulomov nomidagi Arxeologik tadqiqotlar instituti;

— Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti negizida O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti;

Akademik Po‘lat Xabibullayev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda akademik Po‘lat Habibullayev tavalludining 80-yilligi nishonlandi
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti muzeyi negizida Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashini Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi jamoatchilik kengashiga aylantirish to‘g‘risidagi taklifi qondiriladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazilsin, u Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashining ishchi organi etib belgilangan.

Qayta tashkil etilgan Fanlar akademiyasi ilmiy muassasalari yuridik shaxs maqomiga ega davlat muassasasidir, ular avval o‘zlari tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar negizidagi ilmiy muassasalarning huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorislari hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0