O‘zbekistonda Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishQur’on o‘qish
Qur’on o‘qish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz asl islomiy qadriyatlar va musulmon madaniyatini himoya qilishimiz lozim", — dedi Mirziyoyev

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Samarqandda Islom hamkorligi tashkiloti shafe’ligida Islom ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi, Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bildirdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

"Biz Samarqand shahrida islom dunyosi olimlari va donishmandlari merosini o‘rganish bo‘yicha Islom hamkorligi tashkiloti shafe’ligida Islom ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish taklifini bildiramiz", — dedi Mirziyoyev Toshkentda IHT tashqi ishlar vazirlari kengashining 43-sessiyasi ochilish marosimida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday markazning tashkil etilishi O‘zbekistonning IHT TIVKdagi "ta’lim va ma’rifat – tinchlik va bunyodkorlik yo‘li" shiori ostidagi raisligining ustuvor maqsadlaridan biridir.

Mirziyoyev O‘zbekiston zaminida Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, al Xorazmiy, Imom al Moturidiy kabi islom olamining buyuk va mashhur namoyandalari yashab o‘tishganini eslatib o‘tdi.

IHTga a’zo mamlakatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahrida IHT TIVKning 43 sessiyasi o‘z ishini boshladi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, sessiyada IHTning yigirma olti a’zo davlatlari vakillari ishtirok etadi. Sessiyada shuningdek, IHT bosh kotibi, Islom taraqqiyot banki prezidenti, AQSh, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya va Shveysariyaning maxsus elchilari, qator xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari qatnashadilar.

Toshkentdagi yig‘ilish davomida yuzdan ortiq rezolyutsiyalar, xususan, IHT kun tartibining asosiy masalalari aks etgan Toshkent deklaratsiyasi, tashkilotning TIVKda O‘zbekiston raisligining ustuvorliklarini tasdiqlash rejalashtirilgan.

IHT 1969-yil sentabrda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalarda islom birdamligini ta’minlash uchun tashkil etilgan. 2011-yilga qadar u Islom konferensiyasi tashkiloti nomi bilan atalgan. IHTga 57 mamlakat a’zo. O‘zbekiston ushbu tashkilotga 1996-yilda a’zo bo‘lgan. Rossiya 2005-yildan buyon tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.

Yangiliklar lentasi
0