O‘zbekistonda akademik Po‘lat Habibullayev tavalludining 80-yilligi nishonlandi

© Foto iz lichnogo arxivaAkademik Po‘lat Xabibullayev
Akademik Po‘lat Xabibullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
U Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medaliga ikki marta sazovor bo‘lgan yagona olimdir

TOShKENT, 14 okt — Sputnik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida fizika fani rivojiga ulkan hissa qo‘shgan akademik, davlat va jamoat arbobi Po‘lat Habibullayev tavalludining 80-yilligiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada ishtirok etgan olimning shogirdlari va ilmiy soha vakillari Po‘lat Qirg‘izboyevich Habibullayev ilmiy maktabi fizika fanining turli yo‘nalishlarida olamshumul natijalarga erishganini e’tirof etishdi.

1936 yilda Andijon viloyatida tavallud topgan Po‘lat Habibullayev yetuk fizik olim, ko‘plab ilmiy maktablar asoschisidir. Akademikning g‘oyalari energetika, kimyo sanoati, tibbiyot va biotexnologiya yo‘nalishlarida keng tatbiq etilgan.

Habibullayev Toshkent davlat pedagogika instituti kafedra mudirligidan O‘zbekiston Fanlar kademiyasi prezidentligigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Turli yillarda Andijon qishloq xo‘jalik instituti rektori, O‘zbekiston FA yadro fizikasi instituti direktori lavozimlarida ishlagan.

1988-1989 yillarda O‘zbekiston Oliy kengashi prezidumini boshqargan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin Po‘lat Habibullayev davlat  fan va texnologiya qo‘mitasi raisi hamda O‘zbekiston FAda o‘zi tashkil etgan issiqlik fizikasi bo‘limi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

U fan, yangi texnologiyalar rivojiga qo‘shgan hissasi va ixtirochilik faoliyati uchun Jahon intellektual mulk tashkilotining oltin medaliga ikki marta (1985 va 1996-yillar) sazovor bo‘lgan yagona olimdir. 1993-yilda olim Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati va “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” unvonini olgan.

Yangiliklar lentasi
0