Shavkat Mirziyoyev yangi tahliliy markaz tashkil etishga farmoyish berdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda prezident farmoyishi bilan "Taraqqiyot strategiyasi" axborot-tahliliy markazi tashkil etildi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Yangi markaz bir qator jamoatchilik va davlat tashkilotlari tashabbusi bilan tashkil etildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri. Markaz 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini, shuningdek, "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" Davlat dasturini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.

Besh yillik Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi

Markaz faoliyati O‘zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta asosiy yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan choralarni hayotga tatbiq etish va har tomonlama qayta ko‘rib chiqish, ekspertlar va jamoatchilik ishtirokidagi muhokamalarda sa’y-harakatlarni birlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilish va demokratlashtirish jarayoniga fuqarolik institutlari vakillari, mutaxassislar va olimlarni keng jalb qilish bilan bog‘liq bo‘ladi.

Markaz Harakatlar strategiyasida belgilangan anjumanlarning axborot-tahliliy bayoni, ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholarini o‘rganish hamda ularning keng muhokamasini tashkil etish bilan shug‘ullanadi.

Shuningdek, Harakatlar strategiyasining samarali ijrosi, qonun, qonunosti va boshqa hujjatlarning loyihalarini tayyorlash, xalqaro tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ham Markaz vazifalariga kiradi.

Strategiya bo‘yicha yillik dasturlar loyihasini tayyorlash, uni amalga oshirish borasida tizimli ijtimoiy monitoring olib borish va bu haqda keng axborot berish, aholi fikri va takliflarini o‘rganish ham markaz vazifasiga kiradi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Harakatlar strategiyasini amalga oshirish komissiyasiga rahbarlik qiladi

Texnik ko‘mak berish vositalari, xalqaro va mahalliy tashkilotlar, NNT, tahlil va o‘rganishlar xizmati uchun vazirlik va idoralar tomonidan to‘lanadigan xizmat haqlari va boshqalar Markazning moliyaviy manbasi hisoblanadi.

Markaz faoliyatiga ko‘mak berish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi ham tasdiqlangan. U Markazning davlat organlari bilan o‘zaro samarali hamkorlik qilishini ta’minlaydi va unga yuklangan vazifalarni ijro etishga yordam beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston jamoatchiligi, ekspertlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati vakillari 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tayyorlash jarayonidagi muhokamalarda faol ishtirok etishdi.

Mustaqil O‘zbekiston tarixida o‘ziga xos bo‘lgan mazkur hujjat muhokamasi xalqning xohish-irodasini ifoda etuvchi minbarga aylandi. Strategiya loyihasi muhokama qilinishi uchun parlament, vazirlik va tashkilotlar ishtirokida maxsus media-haftalik tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0