O‘zbekiston 2020-yilda o‘z paxtasini to‘liq qayta ishlaydi

© AFP 2023 / NOAH SEELAMPaxta xom ashyosi
Paxta xom ashyosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat tomonidan ko‘rilayotgan maxsus choralar natijasida yaqin 2-3 yil ichida tayyor paxta mahsulotlari eksporti 2 baravar oshadi.

TOShKENT, 1 fev – Sputnik. Mustaqillikning ilk damlaridanoq O‘zbekiston hukumati mamlakatda yetishtirilayotgan paxtani O‘zbekiston ichida qayta ishlashga qaratilgan siyosat olib bormoqda, “Jahon” axborot agentligi xabariga asosan.

1991 paxta tolasini qayta ishlash hajmi 7 % bo‘lsa, 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 40 % ni tashkil qildi. Bugungi kunda O‘zbekiston to‘qimachilik mahsulotlarini 50 dan ortiq mamlakatga eksport qilmoqda. So‘nggi yillarda Braziliya, Chili, Xorvatiya, Nigeriya kabi uzoq mamlakatlarga ham yengil sanoat mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Yangi qonun

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolagan «2017-2019-yillarda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida»gi qarori sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Paxta yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochildi

Ushbu qonun 2020-yilga qadar O‘zbekistonda yetishtirilgan paxta tolasini to‘liq qayta ishlashni ta’minlash, tayyor sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va paxta mahsulotlari eksport salohiyatini 2,7 barobardan ko‘proqqa oshirishni nazarda tutgan, deydi “O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Sanjar To‘xtayev. 

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston eksportining 50% ni ip-kalava mahsulotlari tashkil qilmoqda. Tayyor mahsulotlar esa – 47 %ni tashkil qilmoqda. Kelajakda esa, xom-ashyo mahsulotlari hajmini bosqichma-bosqich kamaytirilib yuqori qiymatli tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti ulushi 65,5 % ga yetkizish rejalashtirilgan.

Ixtisoslashgan to‘qimachilik majmualari

Yangi dastur doirasida 2017-2020-yillarda sohaga 2,2 milliard dollardan ortiq mablag‘ (uning deyarli yarmi xorijiy investitsiya) jalb qilinadi.

Investitsion loyihalar to‘rt bosqichli tizim asosida paxta xom-ashyosini qayta ishlab, undan tayyor mahsulot ishlab chiqaradi. Buning uchun maxsus to‘qimachilik komplekslari va 27 mingdan ortiq yangi ish o‘rnlari yaratiladi. Ushbu  sohada 120ta yangi korxona tashkil etiladi va o‘ndan ortiq mavjud korxonalar modernizatsiya qilinadi

Toshkentda zamonaviy to‘qimachilik texnoparki quriladi.

Yangi to‘qimachilik majmualari ish o‘rinlariga talab kuchli bo‘lgan hududlarda joylashtiriladi. Masalan, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Sherobod tumanlari, Sirdaryoning Guliston, Sayxunobod, Jizzaxning G‘allaorol, Jizzax, Qashqadaryoning Yakkabog‘, Shahrisabz, Namanganning Uchqo‘rg‘on, Pop, Samarqandning Oqdaryo, Urgut, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli, Chimboy tumanlari shular sirasidandir.

Loyihalarda avvalo hududlarda yetishtirilayotgan paxta tolasini o‘sha joyning o‘zida to‘liq qayta ishlab, yuqori qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirish uchun xizmat qiladi.

Yangi uslubda kredit jalb qilish
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun kreditlar butunlay yangi mexanizm asosida ajratiladi. To‘qimachilik loyihalarini moliyalash uchun tijorat banklarida maxsus kredit liniyalari ochilib,  jalb etayotgan banklar yoki investitsiya kompaniyalari mablag‘lari loyihaning 100 foizi miqdorida

Rossiya va O‘zbekiston bayroqlari - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya - O‘zbekiston to‘qimachilik qo‘shma korxonasi tashkil qilinadi
korxona nizom kapitaliga aylantirilishi mumkin. Tijorat banklariga loyihalarni amalga oshirish muddatidagi investitsiya davrida ajratilgan kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni kapitalizasiya qilish hamda ularda ulushli ishtiroki bo‘yicha cheklovlarni qo‘llamaslik huquqi berilmoqda.

Dasturning asosiy jihatlaridan yana biri, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirgan holda to‘qimachilik korxonalarini tashkil qilish, loyihalashtirish va qurilishning yangi tarmoq meyorlarini ishlab chiqish hamda joriy etishdir. Ushbu meyorlar qurilish-montaj ishlari xarajatlarining kamayishini va mahalliy qurilish materiallaridan foydalanishni ta’minlaydi. Endilikda paxta xomashosini qayta ishlashni rag‘batlantirish maqsadida oldin taqdim etilgan soliq va bojxona imtiyozlari 2020-yilning 1-yanvariga qadar uzaytirildi.

Soliq imtiyozlari

Mazkur imtiyozlar qatoriga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq, yo‘l jamg‘armasiga ajratmalar to‘lashdan ozod qilish, 40 foizdan ortiqroq mahsulotni eksportga jo‘natgan to‘qimachilik korxonalarini mulk solig‘idan ozod qilish, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, yurtimizda ishlab chiqarilmaydigan xomashyo hamda materiallarni bojxona to‘lovlaridan ozod etish kabilar kiritilgan.

O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasiga soliq va bojxona imtiyozlari berildi
Ushbu imtiyozlardan samarali foydalanish evaziga iqtisod qilingan mablag‘lar yangi quvvatlarni barpo etish, zarur xomashyo va materiallarni xarid qilishga yo‘naltiriladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020-yilga borib, paxta tolasidan ishlab chiqarilgan ip-kalava mahalliy korxonalarda to‘liq qayta ishlanadi. Natijada to‘qimachilik yarim tayyor mahsulotlari eksportining keskin qisqarishiga va tashqi bozorlarga yetkazib berilayotgan tayyor mahsulotlar hajmining 2,1 barobarga oshishiga erishiladi.

Zamonaviy texnologiyalar asosida paxta tolasini chuqur qayta ishlash, hududlarda xalq iste’moli mollari hamma turini ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi ichki bozorni O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan to‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Yangiliklar lentasi
0