Toshkentda XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ochildi

© Sputnik / StringerPaxta yarmarkasi
Paxta yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yarmarkaga 40dan ortiq davlatdan 1,5 mingga yaqin vakil tashrif buyurdi

TOShKENT, 12 okt — Sputnik. Toshkentdagi O‘zekspomarkaz pavilonlarida XII Xalqaro o‘zbek paxta va to‘qimachilik yarmarkasi ish boshladi, deb xabar beradi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

O‘zbekiston bosh vaziri Ulug‘bek Rozuqulovning e’tirof etishicha, ushbu tadbirning ahamiyati yildan-yilga oshib bormoqda. Agarda 2005-yilda o‘tkazilgan yarmarkada 30 davlatning sanoat va savdo kompaniyalaridan 170 vakil qatnashgan bo‘lsa, bu yilgi yarmarkaga 40dan ortiq davlatdan 1,5 mingga yaqin vakil tashrif buyurdi.

Joriy yilgi yarmarka “O‘zpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, “O‘zbekengilsanoat” davlat aksiyadorlik kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasi, O‘zbekiston “Sifat” markazi va boshqa tegishli tuzilmalar ko‘magida tashkil etildi.

Paxta xom ashyosi - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent yarmarkasida O‘zbekiston 500 ming tonnadan ortiq paxta tolasi sotmoqchi

Tadbir davomida ishtirokchilar ushbu soha yo‘nalishlari bilan tanishishlari, bevosita hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishlari mumkin bo‘ladi.
Ushbu yarmarkada Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Yevtuxov rahbarligidagi Rossiya delegatsiyasi ham qatnashmoqda. Delegatsiya o‘zbekistonlik hamkorlar bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi va yuqori qo‘shimcha narxli mahsulot ishlab chiqaradigan qo‘shma korxona tashkil etish masalasini muhokama qiladi. Rossiyalik vakillar shuningdek O‘zbekistondan paxta tolasi olish hajmini ko‘paytirish borasida ham muzokaralar o‘tkazadi.

Ilgarigi yillardagidan farqli ravishda bu yilgi xalqaro konferensiya doirasida paxtachilik sanoatini rivojlantirish va o‘zbek paxta tolasining jahon bozoridagi raqobatbadoshligini oshirish, mamlakat tekstil sanoati raqobatbardoshligini oshirish, ushbu sohalardagi ilmiy va texnologik yangiliklar mavzularida uchta yig‘ilish bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan yarmarka qatnashchilari shuningdek, O‘zbekiston tekstil sanoatida xorijiy investitsiya jalb etish uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishlari, birja savdolarida ishtirok etishlari, yuqori sifatli o‘zbek paxta tolasini sotib olish va sotish bo‘yicha bevosita savdo bitimlarini tuzishlari mumkin bo‘ladi.

Rossiya O‘zbekistondan paxta sotib olish hajmini oshirmoqda

Forum doirasida shuningdek O‘zbekiston yengil sanoati yutuqlari, mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlari namoyishi ham rejalashtirilgan.

Mustaqillik yillari davomida O‘zbekiston jahon paxta bozoridagi yetakchi mamlakatlardan biriga aylandi. Bugungi kunda o‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha jahonda oltinchi o‘rinda, paxta tolasini eksport qilish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi. O‘zbek seleksionerlari tomonidan paxtaning 110dan ortiq yangi navlari yaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0