Toshkentda zamonaviy to‘qimachilik texnoparki quriladi.

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston-koreya texnoparki laboratoriyalarida yangi avlod matolari ishlab chiqiladi.

Toshkent, 21 avg – Sputnik. Poytaxtda “O‘zbekengilsanoat” Janubiy Koreyalik hamkorlari bilan zamonaviy to‘qimachilik texnoparki quradi, deb xabar berdi “Jahon” axborot agentligi.

Yangi texnopark loyha bo‘yicha Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti yonida joylashgan bo‘lib, eng zamonaviy asbob-uskuna bilan jihozlangan. Tashkilot bir vaqtning o‘zida o‘quv hamda yangi sun’iy matolar yaratiladigan tadqiqot laboratoriyasiga aylanadi. Bino ko‘rinishini va loyhasini tayorlovchi ish guruhi allaqachon tuzilgan.

Janubiy Koreyalik hamkorlarga ushbu loyha 15 million dollarga tushadi. Loyhaning bosh homiysi Koreya respublikasining Savdo, sanoat va energetika vazirligi va Koreyaning Texnologiyalar rivojlantirish intitutidir.

Oldinroq Janubiy Koreyada zamonaviy texnopark qurishga tender e’lon qilingan edi. Uning g‘olibi kuz o‘rtasida aniq bo‘ladi. Yanvarda ushbu majmua qurilishi  boshlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0