Harbiy sir: Mirziyoyev O‘zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariga qanday topshiriq berdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida Mudofaa vazirligi rahbariyati bilan yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar bergan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Tank T-90 - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev O‘zbekistonning o‘z harbiy sanoat majmuasini yaratishni taklif qildi
"Prezident xavfsizlik sohasiga oid qonunchilik samaradorligini yuksaltirish, Qurolli Kuchlar tashkiliy tizimini yanada takomillashtirish, uning shaxsiy tarkibini tayyorlash, zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlanganlik darajasini yanada oshirishga qaratilgan aniq vazifalarni belgilab berdi", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, hukumat a’zolariga, vazirlik va idoralar rahbarlariga O‘zbekiston Qurolli Kuchlari qudratini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish, milliy armiya va xalq yakdilligini bundanda mustahkamlashga doir aniq topshiriqlar berilgan.

Mirziyoyev yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, o‘zbekistonliklarda Vatan taqdiri uchun mas’uliyat tuyg‘usini yanada yuksaltirish kabi muhim vazifalarga alohida e’tibor qaratgan.

Harbiy xizmatchilarni har tomonlama ijtimoiy himoya qilish, shu jumladan, harbiylar va ularning oila a’zolari uchun zamonaviy uy-joylar qurish bilan bog‘liq masalalar ham ko‘rib chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0