TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Noyabr oyida imzolangan, Rossiya va O‘zbekiston orasida harbiy-texnik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan shartnoma ikki mamlakat munosabatlarini sezilarli darajada osonlashtiradi, dedi Sputnik muxbiriga
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashesi, Sergey Chernishev.
Uning so‘zlariga qaraganda, ikki mamalkat hamkorligining asosi bo‘lgan ushbu hujjatda ikki muhim bo‘lim bor.
"Birinchidan, shartnomada narxlar Rossiya ichki bozori darajasida belgilangan. Bu ikki mamlakat orasida bir necha yildan beri amal qilayotgan ittifoqchilik munosabatlari haqidagi shartnomalarga asosan belgilangan. Ikkinchidan, yangi shartnoma shartnomaning asosiy yutuqlaridan biri, bu ikki mamlakatdan harbiy-texnik munosabatlarda ishtirok etayotgan tomonlarga, ya’ni ishlab chiqaruvchi va xaridor orasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish imkonini beradi", — dedi Chernishev.
Uning so‘zlariga qaraganda Rossiya harbiy zavodlari "Rosoboroneksport" kabi davlat vositachi tashkilolarga murojaat qilmasdan mahsulotning yakuniy xaridori bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabat o‘rnatishi mumkin. Harbiy attashening fikriga ko‘ra, ushbu holat qurol-yarog‘ yetkizib berish jarayoninni tezlatib, O‘zbekiston va Rossiya harbiy-texnik hamkorligi yo‘lida ko‘plab to‘siqlarni olib tashlaydi.
Elchixona vakili shartnomaga ko‘ra amaliy hamkorlik yangi yildan boshlanadi.
"Yangi yildan keyin ushbu hujjat amalda qo‘llanila boshlaydi. Ikki mamlakatning Mudofaa ekspertlari uchrashib, O‘zbekiston armiyasi uchun kerak bo‘ladigan tizimlar turi, qurol-yarog‘ va texnika turlari aniqlanadi. Albatta, kerakli qurol yarog‘ miqdori ham belgilanadi", — dedi suhbatdosh.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya va O‘zbekiston 2016-yilning 29-noyabrida harbiy-texnik hamkorlik haqida shartnoma imzolashgan edi. Ushbu shartnoma yaqinda Rossiyada ratifikatsiya qilinib, prezident Putin tomonidan imzolangan edi