Pogonli manyak: Chikatilodan o‘tib tushgan "Angarlik qotil" tarixi

© Kinostudiya Orion PicturesEntoni Xopkins Gannibbal Lekter (Qo‘zichoqlar sukuti" filmi) rolida
Entoni Xopkins Gannibbal Lekter (Qo‘zichoqlar sukuti filmi) rolida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kechayu-kunduzda katta shov-shuvlarga sabab bo‘layotgan bu yovuz qotil Rossiya militsiya xizmatida ishlagan. O‘z "o‘ljalarini"ish vaqtida, xizmat mashinasida izlagan

TOShKENT, 11 yanv — Sputnik, Sergey Lyutix. "Angarlik manyak", "Tozalovchi" laqablari bilan mashhur rossiyalik sobiq militsiya xodimi, vahshiy qotil Mixail Popkov qurbonlari soni 81 nafar bo‘lishi mumkin, deb yozgan RIA Novosti axborot agentligi.

Nashr xabariga ko‘ra, Irkutsk viloyat sudida Popkovning SIZOda qoldirilish muddatini uzaytirish masalasini ko‘rilgan. Agar Popkov chindan ham 81 nafar ayolni o‘ldirgani isbotlansa, u Rossiya va SSSR tarixidagi eng qonxo‘r qotilga aylanadi, deb ta’kidlangan nashrda.

Qotil gaplariga avvaliga hech kim ishonmagan

Nashrda aytilishicha, 22 qotillik va ikki bor og‘ir tan jarohati yetkazganlikda ayblangan Popkov 2015-yilning 14-yanvarida umrbod qamoq jazosiga mahkum qilingan. Ammo o‘sha vaqtlardayoq qotil yana o‘nlab qotilliklarni sodir etganligini ma’lum qilgan. Sobiq militsiya xodimining so‘zlariga o‘shanda hech kim jiddiy e’tibor qilmagan. Chunki, fosh qilingan qotillarning aksariyati "yomon nom qozonish" maqsadida qilmagan qotilliklarni ham o‘z bo‘ynilariga olishlari odat tusiga aylangan edi…

Hibsga olingan erkak - Sputnik O‘zbekiston
90-yillardan buyon 17 nafar ayolni o‘ldirgan manyak qo‘lga olindi
Ammo tekshiruv chog‘ida Popkovdan kelib tushayotgan ma’lumotlar o‘z tasdig‘ini topa boshlaydi. Natijada, oradan 2-yil o‘tib sobiq militsiya xodimi 47ta qotillikda ayblanadi.

Rossiya Tergov Qo‘mitasining Irkutsk viloyati bo‘yicha boshqarma rahbari katta yordamchisi Karina Golovachevaning aytishicha, yana 12 nafar kishining halok bo‘lgani haqidagi ma’lumotlar ustida tekshiruv ishlari davom etmoqda. Ya’ni "Angarlik manyak" 22ta qotillikdan tashqari yana 59 nafar odamni o‘ldirgani haqida iqror bo‘lgan.

Shu tariqa, pogonli manyak tufayli 81 nafar kishining hayoti fojiaviy yakun topgan bo‘lishi mumkin. Hozirda o‘z tasdig‘ini topmagan 12ta qotillik hisobga olinmagan taqdirda ham "angarlik manyak"ni Rossiya va SSSR tarixidagi eng qonxo‘r qotil deb atash mumkin. Taqqoslash uchun: manyaklar orasida eng vahshiy deb atalib kelingan Andrey Chikatilo 53 qotillik "muallifi" bo‘lgan.

Melisa va go‘rkov

Qonxo‘r qotillarga xos ravishda Popkov hayot tarzi ham ikki xil kechgan. Onasi, rafiqasi va qizi uzoq vaqtlargacha tergovchilarga ishonishmagan va SIZOga oziq-ovqat, tasalli so‘zlari yozilgan maktublarni tashishgan. Ammo "angarlik qotil" qo‘lga olingani haqidagi ma’lumotlar OAVlarda tarqala boshlagach, qotilning qarindoshlari zudlik bilan o‘z turar joylarini o‘zgartirishga va shahar aholisi o‘ch olishga ulgurmay turib "g‘oyib" bo‘lishga majbur bo‘lishdi.

Qo‘zichoqlar sukuti filmidan lavha. Entoni Xopkins ijrosidagi Gannibal Lekter obrazi. - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi qamoqxonadan eng yovuz jinoyatchi qochib ketdi
"Angarlik manyak" militsiyada o‘n yildan ortiq vaqt xizmat qilgan. Hayotining aynan mana shu davrini u odamlarni "ovlashga" bag‘ishlagan. IIB navbatchilik bo‘limida ishlagan va oqshomlari ish joyini turli sabablarga ko‘ra tark etgan. Mashinasiga o‘tirib (ko‘pincha formada) shahar aylangan. Hamkasblari Mixail shu tariqa "kirakashlik" qilyapti, degan xayolga borgan bo‘lishlari ham ehtimoldan xoli emas. Chunki, gap o‘tan asrning 90-yillari haqida bormoqda, u paytlarda esa aksariyat odamlarning maoshlari hatto oziq-ovqatlarini ham qoplamagan.

Huquqni muhofaza qilish organlaridagi manbaning so‘zlariga ko‘ra, Popkov o‘z xizmat faoliyatida alohida xizmatlari bilan ajralmagan. Bir sutka ishlab, uch kun dam olgan. Qotil o‘zining bo‘sh vaqtidan unumli foydalangan va tanishlari u haqda bildirgan iqrorlarga ko‘ra, sayr qilishni, chang‘ida uchishni hamda turli taomlar tayyorlashni xush ko‘rgan.

Shu bois, Popkov mashinasining bagaj qismida turli-tuman asboblar, jumladan, arraning mavjudligi hech kimda shubha uyg‘otmagan. "Yigit kishiga qirq hunar ham oz" degan maqolni ruslar ham eshitgan va Popkov "qo‘li gul yigit" degan xayolga borgan bo‘lsalar ajabmas…

Bundan tashqari, manyak muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullangan va hatto, biatlon bo‘yicha sport ustasi unvoniga sazovor bo‘lgan.

IIVdan ishdan bo‘shagach, Popkov qo‘riqchilik qilgan. Manyakning otasi qabristonda ishlagan va shu bois, o‘g‘il o‘z otasiga 8 yoshidan boshlab qabrlarni qazishda yordam berib kelgan.

Tozalovchi

Vahshiy qotilning barcha qurbonlari — ayollar. Ular o‘z xohishlariga asosan qotil mashinasiga chiqqanlar. Shundan so‘ng Popkov yo‘lovchi ayollar bilan tanishgan va birga hordiq chiqarishni taklif qilgan. Birgalikda alkogol iste’mol qilgach o‘z qurbonlarini jinsiy aloqaga undagan yoki majburlagan, va shundan so‘ng o‘ldirgan. Popkovning so‘zlariga ko‘ra,u shu tariqa shaharli suyuqoyoqlardan tozalagan va shu sababdan o‘z-o‘ziga "tozalovchi" deb laqab ham qo‘ygan.

Chikatiloga yetib olib, hatto undan o‘zib ham ketgan

Xitoy politsiyachilari o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbus bilan - Sputnik O‘zbekiston
Xitoyda 21-yil oldin qatl qilingan erkak aybsiz deb topildi
Popkov tajriba o‘tkazishni xush ko‘rgan. Qurol sifatida turli instrumentlardan foydalangan va bora-bora qotilliklar sodir etishga o‘ta yovuzlik va sovuqqonlik bilan yondasha borgan. 1994-yilda o‘zining ilk "o‘lja"sini boshiga shisha idish bilan urib o‘ldirgan bo‘lsa, 2000-yilning yoz oylarida bir yo‘la ikki nafar ayolning hayotiga nuqta qo‘ygan. O‘rmonda sodir etgan bu qotillikda u ayollardan birining boshiga otvertka bilan 18-marta, ikkinchisining tanasiga esa 70-marta zarba bergan.

Uzoq davom etgan surishtiruv ishlari

"Angarlik manyak"ni qidirish ishlari 20-yilcha davom etgan. Popkov 2012-yilning iyun oyida Vladivostokka ketayotganida poyezd kupesida qo‘lga olingan. Operatsiyada spesnaz jangchilari ishtirok etgan. Ammo manyak hech qanday qarshilik ko‘rsatmagan, aksincha, oradan ko‘p o‘tmay tergov xodimlari bilan hamkorlik qila boshlagan.

Qotil atrofida internet olamida turli bahs-munozaralar ayni avjida. Jumladan, internet foydalanuvchilardan biri o‘lim jazosiga e’lon qilingan moratoriy bekor qilinishi kerak, bunday ablahlarga jamiyatda o‘rin yo‘q", — deya fikr bildirgan.

Yana bir foydalanuvchi esa bunga: "Gapingiz to‘g‘ri. Ammo kimdir qo‘lga olinib, ayblanib, otuvga hukm qilinsa-yu, oradan 2-yil o‘tib uning begunohligi (xuddi Xitoyda kabi, tahr.) isbotlansa-chi? O‘lim jazosi — bu o‘ta nozik masala", — deya javob qaytargan…

Yangiliklar lentasi
0