Xitoyda 21-yil oldin qatl qilingan erkak aybsiz deb topildi

© AP Photo / Max VisionXitoy politsiyachilari o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbus bilan
Xitoy politsiyachilari o‘lim jazosiga hukm qilingan mahbus bilan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1994 yilda hibsga olingan va 1995-yilda qatl qilingan Ne Shubin 21 yoshda bo‘lgan

TOShKENT, 2 dek — Sputnik. Xitoyda sud 21-yil oldin ayol kishini zo‘rlash va qasddan o‘ldirishda ayblangan va qatl qilingan erkakni aybsiz deb topdi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti Sinxua agentligiga tayangan holda.

Ne Shubin 1995-yilda qatl qilingan. O‘sha vaqtda u 21 yoshda bo‘lgan.

Yigit 1994-yilda hibsga olingan. Ne Shubin Shiszachjuana shahri(Xebey provinsiyasi)da yashovchi ayolni makkajo‘xori dalasida zo‘rlashda va qasddan o‘ldirishda ayblangan. 1995-yilning may oyida yigit sud tomonidan o‘lim jazosiga mahkum etilgan.

Ayblanuvchi sud hukmidan norozi bo‘lib, shikoyat arizasini yozgan, ammo sud qarori o‘z kuchida qoldirilgan va hukm ijro etilgan.

Ar-Riyod shahri, Saudiya Arabistoni - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistonida shahzoda qotillik uchun qatl qilindi
Oradan o‘n yil o‘tgach, ya’ni 2005-yilning 18-yanvarida Xitoyda jinoiy kirdikorlari bilan dong taratgan zo‘ravon va manyak Van Shuszin Shiszachjuana shahridagi qotillikni ham shaxsan o‘zi amalga oshirganini tan olgan. Sud zo‘ravonni o‘lim jazosiga mahkum etgan, ammo Van Shuszin apellyatsiyaga bergan. Ayni vaqtda sud hukmni qayta ko‘rib chiqmoqda.

Aytib o‘tish joizki, Xitoyda bu kabi voqea ilk marotaba ro‘y berayotgani yo‘q. 2015-yilning fevral oyida Ichki Mongoliya avtonom tumani sudi manyak Chjao Chjixunni qatl qilgan. Aytish joizki, Chjixun amalga oshirgan qotilliklar uchun 1996-yilda begunoh 18 yashar yigit o‘lim jazosiga hukm qilingan va ushbu xato 2014-yilda to‘g‘rilangan, ya’ni hukumat sud hukmi yanglish amalga oshirilganini tan olgan. O‘shanda hukumat sudda ishtirok etgan yosh yigitning ota-onasidan uzr so‘rab, ularga 330 ming dollar badal puli to‘lagan.

Yangiliklar lentasi
0