AQShdagi qamoqxonadan eng yovuz jinoyatchi qochib ketdi

© Kinostudiya Orion Pictures"Qo‘zichoqlar sukuti" filmidan lavha. Entoni Xopkins ijrosidagi Gannibal Lekter obrazi.
Qo‘zichoqlar sukuti filmidan lavha. Entoni Xopkins ijrosidagi Gannibal Lekter obrazi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikaning Kaliforniya shtatidagi qamoqxonadan “nihoyatda xavfli va makkor”, ikkinchi “Gannibbal Lekter” nomini olgan jinoyatchi qochishga muvaffaq bo‘ldi.

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Sobiq Amerika dengiz piyodasi, kelib chiqishi eronlik bo‘lgan Xusayn Nayeri ikki sherigi yordamida dushanba kuni Kaliforniyadagi qamoqxonadan qochib ketgan. Ushbu jinoyat ustidan surishtiruv ishlarini olib borayotgan prokuror, 37 yashar Nayerini "ikkinchi Gannibal Lekter"ga (“Qo‘zichoqlar sukuti”("Molchanie Yagnyat") filmidagi manyak — tahr.) qiyoslagan.

Nayerining vahshiyligi hatto ko‘pni ko‘rgan surishtiruv organi xodimlarini hayratga soldi. 2012-yilda narkodilerlardan birini jinoiy guruhga tegishli pullarni yashirgan deb gumon qilgan Nayeri, o‘z qurbonini kavsharlashda ishtiladigan lampa yordamida qiynab o‘ldirgan. Shuningdek, o‘z sheriklaridan biriga boshqa gumondorning jinsiy a’zosini kesib tashlashga buyruq bergan, xabar qiladi RIA Novosti.

Prokuror Xizer Braun bu jinoyatchiga "iblis kabi makkor va vahshiy", deb ta’rif beradi. Ayolning aytishicha, bunday jinoyatchining qo‘riqlash darajasi yaxshi bo‘lmagan qamoqxonada saqlanishi katta xato bo‘lgan.

Bandilar texnik yerto‘la orqali qochib ketishgani ma’lum. Ularning yo‘qligini oradan 16 soat o‘tib, payqab qolishgan.

Jinoyatchilarning yashiringan joyi haqida ma’lumot berganlarga 50 ming dollar miqdorida mukofot puli e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0