90-yillardan buyon 17 nafar ayolni o‘ldirgan manyak qo‘lga olindi

© fotoliaHibsga olingan erkak
Hibsga olingan erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
17 nafar ayolni vahshiylarcha o‘ldirgan manyakka OAV tomonidan “iblis-manyak” deya nom berilgan edi.

TOShKENT, 12 apr — Sputnik. 1998-2006 yillarda o‘ndan ziyod ayollarni vahshiylarcha o‘ldirgan Novosibirsk fuqarosi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Novosibirsk Tergov Qo‘mitasi, RIA Novosti xabari asosida.

O‘z vaqtida 17 nafar ayolni vahshiylarcha o‘ldirgan manyakka OAV tomonidan “iblis-manyak” deya nom berilgan edi.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, 2007-yilning kuzida, barcha qotilliklar “namoyishkorona xarakterga ega”ligi haqida gapirgan edi. Qurbonlar orasida fohishalar ham bo‘lganligi ma’lum.
Ushbu jinoyatlar bo‘yicha tergov ishi goh to‘xtatilib, goh qayta tiklanar edi.

Qunt bilan olib borilgan uzoq yillik surishtiruv ishlaridan so‘ng, barcha jinoyatlar Novosibirskning o‘zida istqomat qiluvchi 51 yashar erkak tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Unga 17ta jinoyat bo‘yicha ayblov e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda qo‘mita.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, erkak avvaliga ayollarning intim xizmatidan foydalanib, so‘ngra ularni burda-burda qilgan va tana a’zolarini Novosibirsk viloyatining turli burchaklariga tashlab chiqqan.

Surishtiruv ishlari o‘n yilga yaqin davom etgan, shu vaqt mobaynida tergovchilar 3 mingdan ortiq guvohlarni so‘roq qilishga ulgurganlar, tadqiqot ishlari uchun 5 mingdan ziyod erkaklardan namunalar olingan.

Ayni vaqtda qotilliklarda gumon qilinayotgan erkak hibsdaligi ma’lum qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0