Jamiyat

Tramp: Amerika Rossiyaga qarshi sanktsiyalar haqida emas, oʻzi haqida oʻylashi kerak

© AFP / DON EMMERT / Donald Tramp
Donald Tramp - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Amerika oʻz hayoti bilan” shugʻullangani maʼqul” dedi AQSH prezidenti Donald Tramp, Rossiyaga qarshi kiritilgan yangi sanktsiyalarga izoh berar ekan.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. Donald Tramp Amerikani aholisini Rossiyaga qarshi sanktsiyalar haqida emas, oʻz hayoti bilan shugʻullanishga chaqirdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

AQSH prezidenti Barak Obama - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH prezidenti "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy qildi

Jurnalistlar Trampdan – AQSH prezident saylovi vaqtida uyushtirilgan kiber hujumlar uchun Rossiyani jazolash kerakmi deb savol berganda.
“Menimcha, biz oʻz hayotimiz bilan shugʻullanganinmiz maʼqul. Kompyuterlar bizning hayotimizni juda mushkullashtirib yubordi. Kompyuter davri bizni, nima boʻlayotganini hech kim tushunmaydigan joyga yetaklab keldi”, — deb javob berdi u.

Bundan oldin, Lindsi Grem ismli senator Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritilayotgan va ushbu sanktsiyalar Rossiyaga, ayniqsa prezident Putinga jiddiy zarar yetkizishi haqida xabarlar eʼlon qilingan edi.

Tramp senator Lindsi Grem xabar qilgan ushbu sanktsiyalar haqida hech narsa eshitmaganini taʼkidladi.

“Bizda tezlik bor, bizda yana koʻp narsa bor, lekin kerakli darajada xavfsizlik borligiga mening ishonchim komil emas. Men bu haqida senatorlar bilan gaplashganim yoʻq, lekin men buni albatta amalga oshiraman”, — deb qoʻshimcha qildi u.

Amerikada yaqinda boʻlib oʻtgan prezident saylovlari davomida va undan keyin AQSH rasmiy hukumati va prezident Obama Rossiyani bir necha bor saylovlarga aralashishda va xakerlik hujumida ayblagan edi.

OAVlarda tarqalgan ushbu xabarlarga nisbatan Rossiya TIVi, Rossiya AQShning dushmani emas deb, aksincha biz ular bilan ittifoqchilik munosabatlari qurmoqchimiz deb taʼkidlagan edi.

“Asosiysi, biz AQShga dushman emasmiz. Biz barqaror munosabatlar va hamkorlik qilish tarafdorimiz. Bu borada qarama-qarshilik eng kuchli boʻlgan – kiberhudud, aslida hamkorlik maydoni boʻlish kerak, chunki bizning dushmanimiz yagona. Bu – terrorchilik va jinoyatchilikdir”, — dedi  Rossiya TIV maxsus topshiriqlar elchisi Andrey Krutskix.

Eslatib oʻtamiz, ushbu xabarlar yaqinda CNN telekanalida eʼlon eʼlon qilingan, Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar payshanba kuni eʼlon qilinishi haqidagi xabarlardan keyin paydo boʻldi.

Yangiliklar lentasi
0