Obama Rossiyani neft, gaz va qurol sotuvchi zaif mamlakat, deb atadi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishBarak Obama
Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ular kichikroq, zaifroq (AQShga nisbatan). Ularning iqtisodiyoti hech narsa ishlab chiqarmaydi", - deya bayonot qilgan Obama

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama Rossiyani faqat gaz, neft va qurol ishlab-chiqaradigan zaif mamlakat deb atadi, deya xabar qilmoqda RIA Novosti.

"Ular kichikroq, zaifroq (AQShga nisbatan, tahr.) Ularning iqtisodiyoti boshqa davlatlar sotib olishni xohlaydigan mahsulot bermaydi, ular faqat neft, gaz va qurol sotish bilan shug‘ullandi", — deb bayonot qilgan Obama juma kuni Vashingtonda o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin. - Sputnik O‘zbekiston
Putin Obama so‘zlari borasida: boshqa davlatlar haqida kamsitib gapirish – xato
"Aytish joizki, Rossiya feredarsiyasi uglevodorodlar va qurol eksporti bo‘yicha dunyoda yetakchi o‘rinda turish bilan bir qatorda, boshqa foydali qazilmalarni ham eksport qiladi va bug‘doy eksporti bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinni egallaydi. Rossiya, shuningdek, yuqori kosmik texnologiyalar eksporti sohasida ham yetakchidir. U AQShga ham raketa dvigatellarini yetakib beradi", — deb yozgan nashr.

Nashrga ko‘ra, AQSh rahbari noyabr oyi o‘rtalarida uning Rossiyaga nisbatan munosabati birinchi prezident bo‘lgan kunidan buyon o‘zgarmaganini aytgan. Obama o‘shanda Rossiya muhim davlatlardan biri ekanligini, harbiy super-derjavaligini, u mintaqa va butun dunyoda o‘z obro‘yiga egaligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0