TOShKENT, 24 dek — Sputnik. AQSh prezidenti Barak Obama tomonidan juma kuni imzolangan "2017 yil harbiy sarf-harajatlari to‘g‘risida"gi qonun "Magnitskiy qonuni"ni butun dunyoga joriy etish imkonini beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Yangi qonunda Ukraina masalasi hal etilmagunga qadar Moskva bilan harbiy sohada hamkorlik qilish ta’qiqlanishi alohida qayd etilgan.
Hujjatga ko‘ra, Rossiyani jilovlab turish uchun amerikalik harbiylarga 4 milliarddan ziyod mablag‘ ajratilgan.
Jumladan, 350 million dollar harbiy yordam tariqasida Kiyevga taqdim etilishi aytib o‘tilgan.
Qonunda Qrimni Rossiyaning tarkibiy qismi deb tan oluvchi har qanday harakatlar ta’qiqlanishi aytib o‘tilgan.
Ushbu qonun AQSh tomonidan 2012-yilning 14-dekabrida qabul qilingan "Magnitskiy akti"ning kengaytirilgan shaklidir, deb yozadi nashr.
"Rossiya hukumati, o‘z navbatida "Magnitskiy ishi"ning siyosiy tus olishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi haqida ko‘p marotaba ta’kidlaganlar", — deyilgan xabarda.