KXShT va YeOII prezidentlarining Sankt-Peterburgda uchrashuvi

© Sputnik / Vsevolod Tarasevich / Mediabankka o‘tishPetropavlovskaya krepost
Petropavlovskaya krepost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Sankt-Peterburgda KXShT va YeOII malakatlari rahbarlari ya’ni Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya prezidentlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Bugun Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan KXShT va YeOII Oliy kengashi (YeOOK) sammitlarida ishtirok etadi,  deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

“YeOOKuchrashuvi davomida Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiya rahbarlari YeOIIning ikki yillik faoliyati natijalarini qayd kilishadi va tashkilotning kelajakda rivojlanish yo‘nalishlarini belgilab olishadi. Sammitning asosiy mavzusi – YeOIIning Bojxona kodeksini imzolash bo‘ladi”, — deb xabar qilmoqda Kreml matbuot xizmati.

Sammitda, shuningdek bir qator muhim hujjatlar qabul qilish rejalashtirilgan. Ular Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqi hududida yagona mahsulotlar va xizmatlar

Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov KXShT mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi
bozori tashkil qilishga qaratilgan. Tashkilot rahbarlari ittifoqning 2017-yilgi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini hamda, ittifoq va uning muhim savdo-iqtisodiy hamkorlari orasidagi munosobatlarning muhim jihatlarini belgilab olishlari kerak.

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, KXShT sammiti doirasida Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari tashkilotning kundalik faoliyatini ta’minlash va ittifoqchilik munosabatlarining muhim jihatlarini muhokamam qilishadi.  Shuningdek, global va regional voqealar kundaligi bo‘yicha, jumladan xalqaro terrorchilik, ekstremizm, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosiga qarshi kurash borasida ham fikr almashish rejalashtirilgan.

Ostona — Suriya muzokaralari o‘tkazish uchun yangi maydon

Biroz oldin, Vladimir Putin, Suriyada tinchlik o‘rnatish masalasi bo‘yicha Turkiya rahbari Toyyip Erdo‘g‘on bilan Ostonada muzokaralar o‘tkazish haqida kelishib olganinii xabar bergan edi. Ushbu muzokaralar, Rossiya  prezidenti fikriga ko‘ra, Jeneva muzokaralarining davomi bo‘lib ularni to‘ldirishi mumkin. Ushbu taklifga Qozog‘iston prezidenti Nazarbayev ham rozi bo‘lgan edi.

Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Suriya muxolifati va "Al-Qoida" birlashmoqchi

OAV xabariga ko‘ra Ostonadagi muzokaralarda Suriya hukumati va qurollangan muxolifat vakillari ishtirok etadi. Suriya muxolifati tomonidan Ar-Riyodda tashkil etilgan “Muzokaralar Oliy qo‘mitasi” vakillari ishtirok etishi nazarda tutilmagan. Ostona muzokaralarining aniq sanasi hozircha belgilangani yo‘q.   

Rossiya, Qozog‘iston va Turkiya rahbarlari orasidagi Ostona muzokaralari tashkil qilish borasida dastlabki muhokama telefon orqali yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Rossiya – Qozog‘iston munosabatlari

Ma’lumki, ushbu ikki davlat munosabatlari bir-biriga chambarchas bog‘liq. 2016-yil davomida ikki davlat rahbarlari besh marta uchrashishgan edi. Bugungi uchrashuv esa oltinchisi bo‘lishi kerak.

Aleksandr Sajnov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: o‘zbek biznesi YeOII bilan munosabatlarni izga solishi mumkin

Rossiya Qozog‘iston hamkorligining asosini yonilg‘i-energetika majmuasi tashkil qiladi. Ikki mamlakat energetika sohasi yonma-yon hamkorlik qilmoqda. Atom energetikasi sohasida Qozog‘istondagi uran konlardan birgalikda foydalanilmoqda. Neft-gaz sohasida Qozog‘iston nefti Rossiya hududi orqali eksport qilinmoqda. Qozog‘iston gazini sotib olish, Kaspiy dengizidagi loyihalar marketing va eksport masalalari ham Rossiya bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Undan tashqari kosmos sohasida ham hamkorlik davom etmoqda: Rossiya Qozog‘istondan “Baykonur” kosmodromini ijara muddatini 2050-yilga qadar uzaytirdi.

Yangiliklar lentasi
0