OAV: Suriya muxolifati va "Al-Qoida" birlashmoqchi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishSuriyadagi vaziyat
Suriyadagi vaziyat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nashrning yozishicha, Suriya prezidenti Bashar Asadning muxoliflari amerikaliklar yordamisiz qolishdan xavfsiramoqda

TOShKENT, 4 dek — Sputnik. OAV Suriya muxolifati "Al-Qoida" va boshqa terrorchi guruhlar bilan yanada jipslashish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qildi. Bu haqda Washington Post gazetasiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Suriya prezidenti Bashar Asadning muxoliflari amerikaliklar yordamisiz qolishdan xavfsiramoqda.

"MRB (SRU) Asadga qarshi kurashayotgan isonchilarga maxfiy ravishda uch yil qurol yetkazib berganidan so‘ng, kurash maydonida yengilgach va Donald Tramp yordam berishdan voz kechishidan xavfsiragan o‘n minglab muxolifatchilar boshqa yo‘llarni izlashmoqda", — deb yoziladi gazetada.

Nashrning ma’lum qilishicha, "amerikalik rasmiy shaxslar, hududiy ekspertlar va isonchilarning so‘zlariga ko‘ra, "Al-Qoida" va boshqa ekstremistik guruhlar bilan yanada yaqin aloqa o‘rnatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda".

Shuningdek, "Fors ko‘rfazidagi sunniy arab davlatlaridan yanada kuchli qurollar olinishi" haqida ham gap boradi. Bundan tashqari, gazetaning ma’lum qilishicha, "suriyalik va rossiyalik harbiylarga qarshi snayperlar hujumidan foydalanish kabi an’anaviy taktika" haqida ham aytiladi.

Ilgariroq Rossiya TIV AQSh Suriyada muxolifat bilan terrorchilarni ajrata olmayotganini bir necha bor bildirgandi.

Yangiliklar lentasi
0