TOShKENT, 9 dek – Sputnik. "Yevrosiyo g‘oyalari ustaxonasi" fondi eksperti,siyosatshunoslik fanlari nomzodi Aleksandr Sajnovning Sputnik O‘zbekistonga aytishicha, YeOII faoliyatida integratsion institutlarni tartibga keltirish va davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar qoidalarini aniqlashtirib olish muhim o‘rin tutadi.
Ekspertning fikricha, YeOII va O‘zbekistonning hamkorlik munosabatlari borasida o‘zbekistonlik tadbirkorlarga alohida e’tibor qaratish hamda ittifoq doirasidagi loyihalarga xususiy korxonalar va biznes tashkilotlarini jalb etish lozim.
"Birinchi navbatda biznes hamjamiyati, tadbirkorlar bilan munosabat o‘rnatish lozim, iqtisodiyotni aynan ular harakatga keltirishadi. Shuning uchun O‘zbekiston haqida gapirar ekanmiz, birinchi navbatda tadbirkorlar manfaatlarini hisobga olish darkor, aks holda tashkil etilgan integratsion institutlar ertami-kechki inqirozga yuz tutadi va norasmiy amaliyotlar yuzaga keladi. Biznes vakillari bilan qanchalik tez munosabat o‘rnatilsa, tadbirkorlar integratsiya zaruriyati haqida hukumatni ishontirishlari mumkin bo‘ladi", — ta’kidladi Sajnov.
U shuningdek, mamlakatlar iqtisodiyoti bir-birini to‘ldirishi lozimligini, bu esa iqtisodiy o‘sishga olib kelishi va bozorning barcha qatnashchilari uchun manfaatli bo‘lishini qo‘shimcha qildi.