Sergey Lavrov KXShT mamlakatlari elchilari bilan uchrashdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishMinistr inostrannix del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannix del RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Uchrashuv davomida Tashkilotning ushbu yil davomidagi faoliyati yakunlari hamda xalqaro va hududiy maydonlardagi xavfsizlik masalalari ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Rossiya Tashqi Ishlar vaziri Seregy Lavrov KXShT mamlakatlari elchilari bilan hududiy va xalqaro xavfsizlik masalalarini muhokama qildi, deyilgan Rossiya TIV matbuot xizmati xabarida.

Juma kuni Sergey Lavrovning KXShT mamalkatlari elchilari bilan an’anaviy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda KXShT Bosh kotibi Nikolay Borduja va KXShT birlashgan Shtabi rahbari Anatoliy Sidorov ham ishtirok etishdi.

“Uchrashuv davomida Tashkilotning ushbu yil davomidagi faoliyati yakunlari, xalqaro va hududiy maydonlardagi xavfsizlik masalalari, jumladan ularning KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining 2016-yilning 16-noyabrida Yerevanda bo‘lib o‘tgan sessiyasi ko‘zgusidagi tahlili bo‘lib o‘tdi”, — deyilgan TIV xabarida.

Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuv davomda 8-dekabrda Gamburgda bo‘lib o‘tadigan YeXHT Tashqi Ishlar vazirlari kengashi doirasida KShXT mamlakatlari Tashqi Ishlar vazirlari uchrashuvi ham rejalashtirib olindi.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, KXShT Kollektiv xavfsizlik kengashining 2016-yildagi yakuniy majlisi 26-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0