TOShKENT, 30 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiyaga savdo va tranzit sohasida bir necha cheklovlarni olib tashlashni taklif qildi, dedi jurnalistlarga Tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri o‘rinbosari Shavkat To‘laganov.
Yengil sanoat mahsulotlari
Xususan, O‘zbekiston Rossiya qonunlarida belgilangan "chet elda ishlab chiqarilgan yengil sanoat mahsulotlarini Rossiya davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish cheklovi"ni qayta ko‘rib chiqishni taklif qilmoqda.
O‘zbekiston tomon fikriga ko‘ra, ushbu cheklov MDH hududida erkin savdo haqidagi shartnomaga zid.
"Bizning fikrimizcha, ushbu holat O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolagan erkin savdo haqidagi shartnomaga zid. Ushbu shartnomaga asosan bir mamlakat ikkinchi mamlakatdan Jahon savdo tashkilotining Tariflar va Savdo haqidagi Bosh shartnomasining 11 bandidagi mahsulotlaridan tashqari, hech qanday mahsulot olib kirishga ta’qiq qo‘ymasligi kerak", — dedi vazir o‘rinbosari.
"Biz Rossiyada davlat tashkilotlari tomonidan o‘tkazilayotgan tenderlarda faol ishtirok etmoqchimiz", — dedi dedi Shavkat To‘laganov.
Yuklar tranzit masalari
Vazir o‘rinbosari aytishiga qaraganda ayrim mahsulotlarning Rossiya hududiga olib kirish ta’qiqangani tufayli, ular O‘zbekistonga ham yetib bora olmayapti.
"Masalan, Ukraina va Yevropa Ittifoqidan O‘zbekistonga Rossiya hududi orqali olib kelinayotgan mahsulotlar. Ushbu mahsulotlar Rossiya hududiga olib kirish ta’qiqlangani tufayli, o‘zbekistonlik yuk tashuvchilar ularni Rossiya hududi orqali olib o‘ta olishmayapti. Biz ushbu mahsulotlar uchun to‘siqsiz tranzitni ta’minlashni so‘raymiz", — dedi To‘laganov.
Avtomobil savdosi
Rossiya qonunlariga ko‘ra, har bir avtomobil ishlab chiqaruvchi o‘zi sotgan avtomobil uchun davlatga 50 ming rubl utilizatsiya to‘lovi to‘lashi kerak.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Rossiyadan o‘z avtomobil distributerlari uchun utilizatsiya to‘lovini to‘lash muddatini uzaytirib berishni so‘ramoqda. Utilizatsiya to‘lovi avtomobil xaridorga sotilganidan keyin yoki bojxonada rasmiylashtirilganidan 90 kun o‘tib amalga oshirishni so‘ramoqda.
O‘zbekiston Rossiyadan reeksport qilingan avtomobillar uchun utilizatsiya to‘lovlarini qaytarilishini ham so‘ramoqda.
Undan tashqari, O‘zbekiston kun tartibiga qo‘ygan masalalardan yana biri, bu O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarga Rossiya davlat va mahalliy boshqaruv organlari ehtiyojlari uchun sotib olishga ruxsat berilishini istaydi.
Umumiy savdo hajmi kamaydi
2015 yilda Rossiya va O‘zbekiston orasidagi savdo hajmi 4,4 mlrd dollarni tashkil qildi. Bu oldingi yilga nisbatan 25% ga kam. Savdo hajmi kamayishi, bir hisobdan Rossiya tomonidan qo‘llanilgan himoya choralariga ham bog‘liq.
"Ko‘p mahsulotlar, masalan yengil avtomobillar savdosi 2013-2014 yillarga
"Taklifimizga Rossiya tomoni — Yo‘q, — deb javob bermadi. Bizning fikrimizcha, ushbu takliflar Rossiya iqtisodiy xavfsizligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi… Ushbu masalalarning barchasi hal qilsa bo‘ladigan narsalar. Biz hozir bularni muhokama qilayapmiz. Dialog davom etmoqda", — dedi To‘laganov.
Ushbu takliflar muhokamasiga 2017-yilning bahorida bo‘lib o‘tadigan Rossiya-O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasi muzokaralarida yana qaytamiz. Keyingi majlis O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kerak.