O‘zbekiston Rossiya investitsiyalari uchun ochiq

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tish"Lukoyl" neft zavodi
Lukoyl neft zavodi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari xorijiy investitsiyalar, jumladan Rossiya kompaniyalari investitsiyalari uchun hech qanday cheklov yo‘qligini ma’lum qildi

TOShKENT, 29 noya — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya kompaniyalari bilan bir nechta yirik loyihalarni amalga oshirmoqda va Rossiyaning yangi investitsiyalariga tayyor, dedi respublika iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Shuhrat Ismoilov brifingda.

"Xususan, bugungi kunda biz "Lukoyl" kompaniyasi bilan hamkorlikda zamonaviy gazni qayta ishlash zavodini qurish orqali Qandim konlari guruhini o‘zlashtirish loyihasini amalga oshirmoqdamiz. Joriy yilning aprelida mazkur zavod qurilishi boshlangan. Shuningdek, "Gazprom" kompaniyasi bilan birgalikda yirik investitsion loyiha amalga oshirilmoqda", — dedi Ismoilov.

"Biz birinchi navbatda farmatsevtika, paxta tolasini qayta ishlash, tekstil mahsulotlari, tayyor kiyimlar ishlab chiqarish bo‘yicha korxonalar tashkil etish borasida Rossiya kompaniyalari investitsiyalarini jalb qilish uchun ochiqmiz. Biz meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va konservalangan tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilishga tayyormiz", — dedi u.

"Umuman olganda, bizda xorijiy investitsiyalar, jumladan Rossiya kompaniyalari investitsiyalari uchun hech qanday cheklov yo‘q", — dedi Ismoilov.

Yangiliklar lentasi
0