TOShKENT, 18 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Rossiya va O‘zbekiston hamkorligi natijalari va istiqbollari haqida Sputnik muxbiriga “Yevroosiyo-Volgabo‘yi” – Axborot-tahlil markazi Marina Lapenko so‘zlab berdi.
— Bugungi Rossiya va O‘zbekiston orasidagi iqtisodiy munosabatlar qanday hujjatlarga asoslangan?
— Eng asosiy hujjatlar bu – O‘zbekiston va Rossiya orasida imzolangan strategik hamkorlik haqidagi shartnomalar. Iqtisodiy hamkorlik borasida esa, asosiy hujjatlar bu: 2013-2017 yillardagi iqtisodiy hamkorlik dasturi, hukumatlar orasidagi o‘zaro sarmoyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish dasturi, hukumatlar orasida 2015-2019 yillarda iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish haqidagi shartnomalardir. Hukumatlararo komissiyalar ishi ham o‘ta muhimdir. Mustaqillik yillarda ikki davlat orasida umumiy hsiobda 200ga yaqin shartnomalar imzolangan.
— Ikki mamlakat orasidagi iqtisodiy hamkorlikni qanchalik muvaffaqiyatli deyish mumkin?
— Afsuski, oxirgi yillarda ushbu hujjatlarning ko‘pchilligi tomonlar niyatini bildirgan holda, faqat qog‘ozda qolib ketmoqda. Albatta, hamkorlikning yangi shakllarini tuzish va ularni amalga oshirish borasida ishlash kerak. Balkim o‘shanda hamkorlik haqiqatdan ham strategik darajagi yetishi mumkin.
Iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishda, hukumatining iqtisod ustidan olib borayotgan keragidan ortiq nazorati, biznes rivojlanishiga xalal berayotgan ma’muriy va moliyaviy to‘siqlar, shaxsiy mulk huquqi kafolatlanmaganligi va oborotdan foydani ajratib olish murakkabligi — qo‘shimcha muammolar yaratmoqda.
Lekin shunga qaramasdan, ikkala tomonga ham o‘zaro iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash kerak. Masalan, Rossiya O‘zbekistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlari olib kelishni istaydi. Rossiya tomonidan qabul qilingan sanksiyalarga qarshi choralar — bu borada O‘zbekiston uchun Rossiya bozorida katta imkoniyatlar yaratdi.
Sentabrda Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksandr Tkachev va O‘zbekiston Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Rustam Azimov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda 2016-yilda O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavot yetkizib berish ikki baravar oshgani qayd etildi.
Bugun esa, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun “yashil yo‘lak” (zeleniy koridor), ya’ni chegarada sanitar va bojxona nazoratini tezlashtirilgan tartibda o‘tkazish jadal bormoqda.
Sanoat mahsulotlari yetkazib berishda ham muvaffaqiyatlar bor, sarmoyalar kiritish ham jadal bormoqda. Masaln oxirgi yillarda Rossiya O‘zbekistonga kiritgan sarmoyasi 6 milliarddan oshdi.
— O‘zbekistonda prezident saylovidan keyin iqtisodiy hamkorlik faollashadimi?
— Bo‘lishi mumkin. Ushbu vaqtga kelib Rossiya va O‘zbekiston orasidagi ko‘plab iqtisodiy shartnomalar muddati tugaydi. Lekin shunga qaramasdan munosabatlarning asosiy yo‘nalishlari o‘zgarmaydi.
Yevroosiyo Ittifoqi O‘rta Osiyo hududida kun sayin muhim rol uynamoqda. Yagona bojxona va yagona axborot hududi tashkil qilish bo‘yicha faoliyat olib borilmoqda. Hududda yagona texnologik maydonlar paydo bo‘lmoqda. Umuman aytganda, mamlakatlar oasidagi munosabatlar ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lsada, integratsiya kuchaymoqda. Yevroosiyo Ittifoqi va alohida mamlakat orasida hamkorlik qilishning ko‘plab usullari bor. Masalan, hozir muhokama qilinayotgan, YeOII va Eron orasidagi shartnoma kabi.
Bunday shartnoma O‘zbekiston korxonalari uchun 182 mln kishidan iborat ulkan bozorga kirish imkonini yaratadi.
Bunday shartnoma doirasida hamkorlik mexanizmini yaratishga juda ko‘p vaqt kerak bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham, yaqin kelajakda bunday shartnoma imzolash uchun uni bugundan tayyorlay boshlash kerak.