O‘zbekiston va Xitoy 2017-yilda ham hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishOq saroy qarorgohi
Oq saroy qarorgohi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Van Ini tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatiga, shaxsan XXR Raisi Si Szinnpinga samimiy minnatdorlik bildirdi

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 12-noyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vaziri Van Ini qabul qildi, deb xabar tarqatmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
"Shavkat Mirziyoyev mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan O‘zbekiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgani va qo‘llab-quvvatlagani uchun Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatiga, shaxsan XXR Raisi Si Szinpinga samimiy minnatdorlik bildirdi", — deyiladi xabar matnida.

Ta’kidlanishicha, Xitoy tashqi ishlar vaziri Samarqandda bo‘lib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgan.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani va mustahkamlanib borayotgani ta’kidlangan.

"Muloqot davomida 2017-yilda navbatdagi uchrashuvlarni o‘tkazishga kelishib olindi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnikaviy hamkorlikning bugungi holati hamda istiqbollariga alohida e’tibor qaratilgan.

Xitoy Temir yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi muhokama qilindi
Eslatib o‘tamiz, Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekistonning eng yirik savdo va sarmoyaviy sheriklaridan biridir. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard AQSh dollaridan, O‘zbekistondagi ustuvor loyihalarga jalb qilingan Xitoy investitsiyalari va kreditlari hajmi 6,5 milliard dollardan oshadi.

Xitoy kompaniyalari va banklari ishtirokida mamlakatimizda Qamchiq dovoni orqali 19 kilometrlik temir yo‘l tunnelini ishga tushirish, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va Qo‘ng‘irot soda zavodini qurish, Xorazm viloyatida zamonaviy ekskavator va buldozerlar ishlab chiqarish, telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalarini rivojlantirish singari sanoat va infratuzilma rivoji uchun muhim loyihalar, shuningdek, "Jizzax" erkin iqtisodiy zonasida investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilgan.

Bugungi kunda "Angren" erkin iqtisodiy zonasida avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi shinalari va konveyer lentasi ishlab chiqarish zavodini hamda "Navoiyazot" aksiyadorlik jamiyati negizida polivinilxlorid, kaustik soda va metanol ishlab chiqarish majmuasini qurish kabi muhim investitsiyaviy loyihalar amalga oshirilmoqda. Energetika, neft-gaz, irrigatsiya va melioratsiya sohalarida, infratuzilmalarni modernizatsiya qilish borasida va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida qo‘shma loyihalar tayyorlanmoqda.

XXR Raisi Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
XXR Raisi O‘zbekiston Rahbariyatiga maktub yo‘lladi
XXR tashqi ishlar vaziri Van I samimiy qabul uchun Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirib, Xitoy rahbariyati O‘zbekiston bilan mamlakatlarimizning uzoq muddatli manfaatlariga mos keladigan barcha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘yicha sheriklikni bundan buyon ham faol rivojlantirish va mustahkamlashdan, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining barqarorligi, xavfsizligi, izchil ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti yo‘lidagi hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinga mustahkam sog‘lik va ulkan muvaffaqiyatlar, Xitoy xalqiga tinchlik va farovonlik tilagan.

Yangiliklar lentasi
0