XXR Raisi O‘zbekiston Rahbariyatiga maktub yo‘lladi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishXXR Raisi Si Szinpin
XXR Raisi Si Szinpin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Si Szinpin qutlov maktubida Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajarish yuklatilganligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

TOShKENT, 22 sen – Sputnik. Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lisze Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning mamlakat rahbariyatiga yo‘llagan qutlov maktubini topshirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi saytida xabar qilingan.

Si Szinpin qutlov maktubida Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajarish yuklatilganligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.

XXR Raisi “Xitoy va O‘zbekistonni doimo yaqin qo‘shni, yaxshi do‘st va har tomonlama ishonchli strategik sheriklar, deb bilishini, so‘nggi yillarda birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli o‘zaro hamkorlikning barcha sohalari jadal rivojlanayotganligi va qator ulkan yutuqlarga erishilgani”ni e’tirof etadi.

“Ayni paytda xalqaro va mintaqaviy vaziyat murakkab va o‘zgaruvchan bo‘lib, Xitoy va O‘zbekiston oldida umumiy manfaatlarimizni ta’minlash yo‘lida tahdidlar kuchayib bormoqda. Xitoy O‘zbekiston xalqi tanlagan yo‘lni hurmat qiladi, mamlakatingizning o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini qat’iy ma’qullaydi. O‘zbekistonning xalqaro va mintaqaviy masalalarda yanada mustahkam o‘rin egallashiga intilishini qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi maktubda.

Buxoro, Poy Kalon majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Si Szinpin Buxorogo tashrif buyurdi

XXR Raisi o‘z maktubida “Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta e’tibor qaratishini hamda o‘zaro yaqin aloqalarni saqlagan holda, davlat suverenitetini himoya qilish, xavfsizligi va taraqqiyotini ta’minlash, “Bir qutb, bir yo‘l”ni birgalikda barpo etish asosida serqirra amaliy hamkorlikni mustahkamlash, Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini ikki mamlakat hamda ularning xalqlari farovonligi yo‘lida har tomonlama strategik sheriklik darajasiga ko‘tarish maqsadida Shanxay hamkorlik tashkiloti, Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro muvofiqlik va hamkorlikni kuchaytirish masalasida qo‘llab-quvvatlashga tayyor”ligini bildiradi.

Yangiliklar lentasi
0