Abdulaziz Kamilov Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

© AFP PHOTOO‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi

TOShKENT, 12 noya — Sputnik. 2016-yilning 12-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

"Muzokaralar davomida ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi O‘zbekiston-Xitoy munosabatlarining hozirgi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar muhokama qilindi", — deyiladi xabar matnida.

Muloqot chog‘ida, shuningdek, umumiy kun tartibining barcha masalalari bo‘yicha hamkorlik, jumladan Shanxay hamkorlik tashkiloti va boshqa tuzilmalar doirasidagi munosabatlarni rivojlantirishga ikki tomon ham intilayotgani qayd etilgan.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston va Xitoy TIV rahbarlari OAV vakillari oldida nutq so‘zlaganlar.

Uchrashuvda Xitoy Elchisi Sun Lijie ishtirok etgan.

Yangiliklar lentasi
0