"Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi muhokama qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishXitoy Temir yo‘li
Xitoy Temir yo‘li - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy va Qirg‘iziston delegatsiyalari orasida Pekinda bo‘lib o‘tgan siyosiy maslahatlarda "Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston" temiryo‘li qurilishi masalasi muhokama qilishdi.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Pekinda Xitoy va Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Uchrashuvda mamlakatlar orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor berildi, xususan tomonlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yo‘nalishida temiryo‘l qurish loyihasini muhokama qilishdi.

Shuningdek, Xitoyda mavjud bo‘lgan ortiqcha ishlab chiqarish quvvatini Qirg‘iziston hududiga ko‘chirish va xitoylik quruvchilarning Bishkek shahar ko‘chalarini rivojlantirish loyihalarida qatnashish  masalalari ham ko‘rib chiqildi.

«Navoiyazot» AJ - Sputnik O‘zbekiston
"Navoiyazot" Xitoy bilan qo‘shma korxona tashkil etadi

Qirg‘iziston delegatsiyasini Tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Dinara Kemelova, Xitoy delgatsiyasiga esa – Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Xueylay boshchilik qildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi — Xitoyda ta’lim olayotgan Qirg‘izistonlik  talabalarga viza berish masalasi bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Bishkekdagi Xitoy elchixonasi yonida kuchli portlash yuz bergan va elchixona binosi zarar ko‘rgan edi.  Shundan keyin XXR elchixonasi viza berish jarayonini vaqtincha to‘xtatib qo‘yigan edi.

Yangiliklar lentasi
0