Karimov nomli xiyobon: siyosiy ishora va hurmat belgisi

© Sputnik / StringerKarimov nomidagi xiyobon
Karimov nomidagi xiyobon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimovga atalgan yodgorlik o‘rnatiladigan joy bilan tanishish uchun Moskvaga bir guruh o‘zbek haykaltaroshlari yetib kelishdi

TOShKENT, 2 noya — Sputnik, Mariya Sheludakova. Moskva hukumatining shahardagi xiyobonlardan biriga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomini berish haqidagi qarori O‘zbekistonga nisbatan do‘stlik belgisi hisoblanadi, biroq ayrim moskvaliklar bu qarorni ijobiy qabul qilishmadi.

O‘zbekiston elchixonasi yaqinidagi Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi xiyobon Islom Karimov nomi bilan atala boshlandi. Ilgariroq Moskva meri saytida Rossiya va O‘zbekistonning fan va madaniyat arboblari mana shunday taklif bilan chiqqanliklari xabar qilingandi. Sputnik muxbiri Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39- va Kazachiy pereulok ko‘chasidagi 13-uylar orasida joylashgan Islom Karimov xiyobonida bo‘lib, poytaxtliklarning bu boradagi fikrlarini bilishga qiziqdi.

Bu Moskva markazida joylashgan, shahardagi o‘nlab xiyobonlarga o‘xshab hech narsasi bilan ajralib turmaydigan oddiy xiyobonlardan biri. Xiyobonda daraxtlar va ular ostida skameykalar bor xolos. Biroq tez orada hammasi o‘zgaradi – xiyobon o‘rtasida O‘zbek yetakchisiga yodgorlik o‘rnatiladi, xiyobonning o‘zi esa obodonlashtiriladi.

Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasi. 3-sentabr - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirilmoqda

Aksariyat shaharliklar bu nomlanish asosga ega, chunki xiyobon yaqinida O‘zbekiston elchixonasi joylashgan deb hisoblamoqda. Bundan tashqari, muxbir so‘rovida qatnashganlarning ayrimlari ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yuqori baholashdi. Ammo xiyobonni rus adabiyoti yoki siyosat vakili nomi bilan atash lozimligini aytganlar ham topildi.

"Islom Karimov, shubhasiz yetuk siyosat arbobi. Lekin u kishining bu yerga qanday aloqasi borligini tushunmadim", — dedi o‘tkinchilardan biri.

O‘lkashunos, "Arxnadzor" jamoatchilik harakati koordinatori Konstantin Mixaylov buni shunday izohladi.

"Shaharliklar nom berish muhokamalarida ishtirok etishmaydi, — dedi Konstantin Mixaylov. — Ular shuning uchun bunday holatlarga salbiy fikr bildirishadi. Turli xizmat va portallar orqali so‘rovnoma o‘tkazish, ovoz berishni tashkil qilish mumkin edi. Aks holda bunday salbiy fikrlar kelib chiqaveradi".

Moskvashunos Sergey Kaydashev o‘z navbatida bu masala siyosiy xarakter kasb etishini va bunga Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari nuqtayi nazaridan qarash kerakligini ta’kidladi.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Moskva markazidagi xiyobonga Islom Karimov nomi berildi

"Xiyobon, park, ko‘cha va maydonlarni Rossiya poytaxtiga bevosita aloqador shaxslar nomi bilan atash yaxshimas. Lekin boshqa tomondan Moskva zamonaviy Rossiya hayotining qomusiga aylangan shahardir, — dedi Kaydashev. — Moskvadagi ko‘plab ko‘cha va maydonlar xorij siyosatchilari nomi bilan ataladi. Ko‘chalar Moskva tarixi bilan bog‘liq holda nomlangani yaxshi, lekin bugungi kunda yangicha qarashlar paydo bo‘lmoqda".

Buning ustiga, dedi o‘lkashunos, yuridik masala ham bor. Qonunga ko‘ra ko‘cha yoki maydonni tarixiy shaxsning nomi bilan atash uchun uning vafot etganiga o‘n yildan oshgan bo‘lishi kerak, dedi Kaydashev.

"Lekin menimcha ko‘cha va xiyobonlarni nomlash tarix sohasidan siyosat sohasiga o‘tmoqda", — dedi u. — Islom Karimov Moskva bilan bevosita bog‘liq emas, lekin, Rossiyaga tashriflari chog‘ida elchixonada bo‘lgan. Mana shu fakt hal qiluvchi rolni o‘ynagan bo‘lsa kerak".

Rossiya davlat gumanitar universitetining siyosiy sotsiologiya kafedrasi dotsenti Maksim Artemyev ham ushbu qarorning qabul qilinishi siyosat, Rossiyaning O‘zbekiston bilan do‘stligini mustahkamlash zaruriyati bilan bog‘liq ekanligini bildirdi.

Igor Voskresenskiy - Sputnik O‘zbekiston
Voskresenskiy: Islom Karimov haykali O‘zbekiston tomonidan taqdim etiladi

"Istiqbolda Moskva aholisining bu qarorga nisbatan keskin qarshiligi kutilmaydi. Brateyevo metro stansiyasi nomi Olma-Ota shahri nomiga o‘zgartirilganida ham norozilik bildirilmagan. Bu aholi o‘rtasida norozilik uyg‘otadigan yoki jamoatchilik munozarasini keltirib chiqaradigan xabar emas", — dedi Artemyev.

Islom Karimovga atalgan yodgorlik o‘rnatiladigan joy bilan tanishish uchun Moskvaga bir guruh o‘zbek haykaltaroshlari yetib kelishdi. O‘zbekiston tomonidan Moskvaga taqdim etiladigan yodgorlik varianti respublika hukumati va marhum Prezidentning oila a’zolari ishtirokida tanlab olinadi.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni vafot etdi va o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahrida dafn etildi.

Yangiliklar lentasi
0