TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Moskvaning Yakimanka tumanidagi shahar xiyoboniga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berildi, deb xabar berdi RIA Novosti. Bu haqdagi qaror Moskva hokimiyati yig‘ilishida poytaxt meri Sergey Sobanin tomonidan qabul qilindi.
Mazkur xiyobon Yakimanka tumanidagi O‘zbekiston konsullik bo‘limi yaqinida joylashgan.
"Prezidentning Karimov xotirasini abadiylashtirish haqidagi topshirig‘iga muvofiq O‘zbekiston konsulxonasi yaqinida joylashgan xiyobonga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi beriladi", — dedi Sobanin.
Ilgariroq O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti sharafiga memorial xiyobon barpo etish haqidagi taklifni Moskva meri o‘rinbosari Leonid Pechatnikov rahbarligidagi hududiy birliklarni nomlash bo‘yicha shahar komissiyasi ma’qullagandi.
Rossiya va O‘zbekistonning fan, siyosat va san’at arboblari Moskva hukumatiga xiyobonni Karimov nomi bilan atash taklifi bilan chiqqan edi.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. U o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Samarqand shahriga dafn etildi.