TOShKENT, 31 okt – Sputnik. Moskva shahar dumasining yodgorlik san’ati bo‘yicha komissiya raisi Igor Voskresenskiy tez kunlarda Rossiya poytaxtiga haykal o‘rnatiladigan joyni o‘rganish uchun o‘zbek haykaltaroshi kelishini ma’lum qildi.
"Erta-indin O‘zbekistondan haykaltarosh keladi, joyni o‘rganadi. Haykaltaroshlar o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi, hozirda hukumat va Prezidentning oila a’zolari o‘rtasida loyiha bo‘yicha kelishuv olib borilmoqda. Haykal Moskvaga o‘zbekiston hukumati tomonidan taqdim etiladi", — dedi u.
Islom Karimov sharafiga atalgan yodgorlik qayerga o‘rnatilishi aniq bo‘ldi. Yodgorlik Moskva shahridagi Polyanka ko‘chasidagi xiyobonga o‘rnatiladi. Xiyobon ham O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Moskva hukumati ana shunday qaror qabul qildi.