OAV: nemislar yashirincha Tramp prezidentligiga hozirlik ko‘rishmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishBerlindagi Reyxstag binosi
Berlindagi Reyxstag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Mabodo, Tramp prezident bo‘lib qolsa-chi..." degan o‘yda nemis siyosatchilari milliarderning saylov shtabi bilan xufiyona uchrashuvlar o‘tkazishga kirishgan, deb xabar qiladi Spiegel nashri

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Donald Tramp g‘alaba qozongan taqdirda, Germaniya va AQSh munosabatlari taqdiridan qattiq tashvishga tushgan Germaniya Federativ Respublikasi hukumati vakillari milliarderning maslahatchilari bilan ko‘z ilg‘amas muzokaralarni o‘tkazishga kirishgan. Bordiyu, respublikachi g‘alaba qozonsa, bu Berlinga juda qimmatga tushishi mumkin, — deb yozgan nemis nashri. RIA Novosti xabari asosida.

AQSh prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Xillari Klinton - Sputnik O‘zbekiston
Oq Uy uchun jang: Tramp va Klintonning debatlardagi ilk "mushtlashuvi"
Germaniya hukumati juda uzoq vaqt davomida Tampning Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod etib ko‘rsatilishiga ishonqiramay kelishgan edi. Endilikda esa AQShning 45 prezidenti aynan u bo‘lishi ehtimolga ancha yaqin bo‘lib qoldi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligi va Vashingtondagi Germaniya vakolatxonasi vakillari respublikachilar shtabi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yishga harakat qilishmoqda, shuni ta’kidlash joizki, GFR rasmiylari Xillari Klinton yordamchilari bilan ochiqchasiga uchrashsalar, Trampning odamlari bilan esa, aksincha, odamlar ko‘z o‘ngida unchalik  yaqinlashmaslikka harakat qilishadi.

Spiegelda yozilishicha, Germaniya TIV rahbari Frank-Valter Shtaynmayer unga xos bo‘lmagan diplomatik xususiyat ila Trampni "nafrat targ‘ibotchisi" deb atagan.

AQSh prezidentligiga nomzod Xilari Klinton va AQSh prezidenti Barak Obama - Sputnik O‘zbekiston
Xillari Klinton Tramp AQSh prezidenti bo‘lishga yaroqsiz, deb aytdi
Shuningdek, boshqa bir qator masalalarda ham respublikachi-nomzod nemislarni tashvishlantirmoqda.

"Amerika Prezidenti Ikkinchi jahon urushi davridan buyon birinchi marotaba harbiy alyansni tarqatib yuborishi mumkinligidan qattiq havotir olayotgan nemis hukumati Trampning real rejalari haqida oldindan bilishga qiziqapti", — deb yozadi nashr.

Tramp haqiqatan ham NATOni eskirib qolgan tuzilma deb hisoblaydi. Milliarderga ko‘ra, bu harbiy alyansga o‘z yevropalik ittifoqdoshlaridan ko‘ra AQSh ko‘proq pul tikadi.

Tramp maslahatchilaridan biri, o‘z xo‘jayini nomidan ish yuritish huquqiga ega bo‘lgan Sem Klovisga ko‘ra, hammasi ham odamlar o‘ylaganchalik qo‘rqinchli emas. "Tramp — hamisha munozaralarga tayyor biznesmen", — deya "tinchlantirdi" nemis elchixonasi vakillarini u.

Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Donald Trampning eng yorqin iboralari
Rasmiy Berlin fikriga ko‘ra, Tramp prezident bo‘lib saylangan taqdirda, o‘zining ayrim radikal ta’kidlaridan voz kechishi aniq, ammo NATOni moliyalashtirishni qayta taqsimlash masalasi ko‘tarilishi aniq. Va shundan keyin Berlin ziqnaliqni unutib, pullarni qurtdan sanab berishi ham turgan gap…

Nemislar, shuningdek, o‘z biznesidan ham qattiq havotirda: Tramp prezident bo‘lgan taqdirda, AQSh YaIM tushib ketadi, degan taxminlar bor, bundan nemis eksportchilari katta zarar ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlardagi Germaniya elchixonasi vakillarini kansler Angela Merkel sha’niga aytilgan izohlar ham tinchlik bermayapti. Axir Tramp uni "eskicha fikrlaydigan sodda sotsialist" deb atagan.

Yangiliklar lentasi
0