TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. "Respublikachi Donald Tramp AQSh prezidenti bo‘lishga yaramaydi", deb ta’kidladi seshanba kuni Xillari Klinton, RIA Novosti xabari asosida.
Shimoliy Karolina shtati, Sharlott shahrida o‘tgan saylovoldi mitingda Xillari Klinton yonida turgan Barak Obama tomon burilib, tiz bukib ta’zim qilgan va uni "Amerikani xavfsiz va kuchli qila oladigan prezident" sifatida ta’riflagan. "Donald Tramp bilan taqqoslang. Amerika yana bir bor inqirozga yuz tutganda, siz Oq Uyda Trampni tasavvur qila olasizmi? Prezidentimiz tomonidan aytilgan har bir so‘z dunyo e’tiborida. Shunday ekan, Tramp bizning prezidentimiz va Bosh Qo‘mondonimiz bo‘lishga yaroqsiz va bo‘la olmaydi", — dedi Klinton atrofdagilar gulduros olqishi ostida.
Klinton, shuningdek, "eng kam ish haqi miqdorini oshirishga" va amerikaliklar uchun dolzarb bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal qilishga so‘z berdi.