Donald Trampning eng yorqin iboralari

© REUTERS/Randall HillMilliarder Donald Tramp.
Milliarder Donald Tramp. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerika prezidentligiga nomzod milliarder Donald Trampning muxlislarga juda xush keladigan tomoni – o‘z raqiblari sha’niga aytadigan piching gaplaridir. Bugun sahifamizda milliarderning eng qiziq iboralarini to‘pladik.

TOShKENT, 2 mar — Sputnik. Ha, g‘ayrioddiy hatti-harakatlari bilan mashhur siyosatchidan AQSh prezidentidan tortib, Rim papasigacha “dakki” yegan.
O‘z kampaniyasi shiori haqida: "Amerikaga o‘tmishdagi ulug‘vorligini qaytaramiz” iborasini shaxsan o‘zim ixtiro qilganman. Bir yil oldin. Keyin u xalq orasida mashhur bo‘lib ketdi, odamlarga yoqdi, shekilli. Balki, iborani patentlashtirishim kerakdir, balki, patentlashtirib qo‘ydim ham”.

Meksika bilan AQSh chegarasida devor ko‘tarish haqida: "Men janubiy chegaramizda buyuk devorni qad ko‘tartiraman va Meksikani u uchun pul to‘lashga majbur etaman. Shu so‘zlarim yodingizda tursin. <…> Meksika AQShga o‘z fuqarolarini yuborayapti, lekin eng yaxshilarinimas. U bir vagon muammosi bor odamlarni yuborapti mamlakatimizga. Aynan o‘sha odamlar AQShga narkotiklarni olib kirapti, ular AQShda kriminalni avj oldirapti, ular zo‘ravon! Lekin fikrimcha, ularning ayrimlari yaxshi odamlar”, — deb ta’kidlaydi Donald Tramp.

Barak Obamaning tug‘ilganlik guvohnomasi haqida: "Unda tug‘ilganlik guvohnomasi yo‘q. Balki, allaqanday hujjat bordir, lekin unda nimadir kamchilik bor-da. Balki dini to‘g‘risida nimadir yozilgandir, masalan, balki o‘sha hujjatda Barak Obama musulmon, deb ko‘rsatilgandir. Balki, u odamlar bundan xabar topishlarini istamas. Lekin guvohnomasi yo‘q bo‘lishi ham mumkin”. Konservatorlar bilan uchrashuvda Tramp Obamaga “Amerika tarixidagi eng yomon prezident”, deb ta’rif berdi.

AQSh prezidenti Trampga javob qaytarishni unutmadi. 2011-yilda Oq uyda o‘tkazilgan Jurnalistlar Assotsiatsiyasi tantanali tadbirida Donald Tramp ham bor edi. Tadbir boshlanib, so‘z Obamaga berilganda, katta ekranda Obamaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi namoyish etildi.

"Tramp ham shu yerda. Hamon. Menimcha, dunyoda Donald Trampdan baxtliroq inson bo‘lmasa kerak. Axir endi u bor e’tiborini haqiqatda muhim narsalarga qaratishi mumkin, misol uchun: Oyga parvozimiz soxtalashtirilmaganmi? Rozuellda aslida nima ro‘y bergan edi? (gap Nyu-Meksikodagi Rozuell shahri yaqinida NUJ qulagani haqida bormoqda, tahr.) va Tupak Shakurga kim buyurtma bergan edi? (amerikaning eng mashhur xip-xop artisti otib ketilgan bo‘lib, qotillik kim tomonidan sodir etilgani hozirgacha noma’lum qolmoqda, tahr.)", — tantanavor javob qaytargan edi Trampga Obama.

Obamaning prezidentligi haqida: "Uning prezidentlik faoliyati qoniqarsiz. Bizning budjetimizu, harajatlarimizga ko‘z yugurtiring. Biz, hatto, "Islom davlati"ni yo‘q qila olmayapmiz. Sog‘liqni saqlash borasidagi islohotlar esa o‘ta qoloq. Bunga chek qo‘yish vaqti keldi".

Vladimir Putinning yetakchilik qobiliyati haqida: "Yetakchi sifatida, Putin “besh” bahoga loyiq, bizning prezident esa o‘z vazifasini eplay olmayapti", — dedi Tramp, Fox News kanalida ko‘rsatuvlarning birida ishtirok etar ekan.
Jeb Bush haqida: "Mamlakatimizga yana bitta Bush kerak emas. Uni o‘tmas probkaga o‘xshataman!", — deb yozdi Tramp o‘zining Tvitterdagi sahifasida.
Jeb Bush Nyu-Gempshirdagi uchrashuvi vaitida esa milliarderni “g‘irt ahmoq, deb hisoblashini” aytdi. “Portlashimga oz qolgandi. Tramp – g‘irt ahmoq. Yuragimni bo‘shatishga imkon berganingiz uchun rahmat”, dedi u to‘plangan saylovchilarga qarab.
Rim papasi Fransisk so‘zlari haqida: "Men nasroniy ekanligimdan faxrlanaman. Hech bir rahbar, ayniqsa, diniy yetakchi, boshqa kishilar  dini to‘g‘risida shubha bildirishga haqli emas. Rim papasi men haqimda yaxshi gaplarni aytmadi, chunki Meksika hukumati uni Tramp – yomonligiga ishontirgan”.
Rim papasi Fransisk (Xorxe Mario Bergolo) Meksikaga tashrifi chog‘ida Trapm haqida o‘z fikrini bildirgan edi. Pontifik "ko‘priklar emas, devorlar qurish haqida o‘ylaydigan kishi, nasroniylikka da’vo qilishi mumkin emas”, degan edi o‘shanda.

Yangiliklar lentasi
0