O‘zbekistonga oktabr oyida YeXHTning Ehtiyojlarni baholash missiyasi keladi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishOBSE - YeHHT
OBSE - YeHHT - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi taklifiga muvofiq Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi Ehtiyojlarni baholash missiyasini (EBM) O‘zbekistonga yuborishga qaror qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston MSK matbuot xizmati rahbari Nizomiddin Nurmatov, kun.uz xabari asosida

Xalqaro kuzatuv institutining o‘rni va kuzatuvni amalga oshirish mexanizmlari

Saylov jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Bugun O‘zbekiston prezidentligi saylovlari uchun nomzodlar rasman ilgari surilmoqda
"Saylovlarning xalqaro kuzatuvi instituti ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashga, saylov jarayoni nufuzi ortishiga, shuningdek, demokratik saylov o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba va axborot almashishga xizmat qiladi.
YeXHT makonida saylovlarning xalqaro kuzatuvi instituti YeXHK Konferensiyasi yakunlari bo‘yicha 1990-yil iyunda qabul qilingan Kopengagen hujjatida nazarda tutilgan. 1990-yil noyabrda Parijda bo‘lib o‘tgan YeXHK Konferensiyasida ishtirok etuvchi davlatlar "Yangi Yevropa uchun Parij xartiyasi" yakuniy hujjati qabul qilinib, shtab-kvartirasi Varshava shahrida joylashadigan "Ishtirok etuvchi davlatlardagi saylovlarda aloqalar va axborot almashuviga sharoit yaratish uchun erkin saylovlar burosi"ni tashkil etish majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar. 1992-yilda bu tashkilot "Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha buro" deb nomlana boshladi va uning vazifalari inson huquqlariga aloqador boshqa sohalarga ham kengaytirildi".

O‘tgan davr mobaynida YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi YeXHTga 57ta a’zo davlatlarning  barchasida 300dan ziyod saylovning kuzatuvini amalga oshirdi. Ularning 170 dan ortig‘i parlament, 77 tasi — prezident saylovlari, shuningdek, 60 ga yaqin referendum va mahalliy hokimiyat organlari saylovlaridir. Ko‘rsatib o‘tilgan missiyalar tarkibida YeXHTga barcha a’zo davlatlar, shu jumladan O‘zbekistondan 50 mingdan ziyod ekspertlar ishtirok etdi.

2013-2016 yillarda YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi Rossiya, Finlyandiya, Germaniya, AQSh, Chexiya, Slovakiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi mamlakatlardagi parlament va prezident saylovlarida ham kuzatuvlarini amalga oshirdi.

O‘zbekistonda Prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
MSK: Okrug saylov komissiya a’zolarining 36,8 foizi xotin-qizlar
O‘zbekiston saylov qonunchiligi xorijiy mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlar vakillarining O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida kuzatuvchilar sifatida ishtirok etishi imkoniyatini nazarda tutadi. Xususan, ularga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlarda, shuningdek, saylov kuni ovoz berish xonalarida hamda ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish huquqi berilgan. Ya’ni kuzatuv saylov jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi. Ushbu holat xalqaro amaliyotda kam uchraydigan majburiyat hisoblanadi.

O‘zbekiston saylovlarini kuzatish uchun nafaqat YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosini, balki ShHT Kotibiyati, MDH Ijroiya qo‘mitasi, Islom hamkorlik tashkiloti, Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, Yevropa, MDH, Amerika, Afrika hamda Osiyo va Tinch okeani mintaqsi mamlakatlaridan ko‘plab ekspertlarni ham taklif qiladi.

YeXHT EBMning mamlakatimizdagi faoliyatidan asosiy maqsad

YeXHT DIIHBning 2010-yilda chop etilgan Saylovlarni kuzatish bo‘yicha qo‘llanma qoidalariga muvofiq YeXHTga a’zo davlatga Ehtiyojlarni baholash missiyasi saylov arafasida saylovoldi vaziyatni va saylovga tayyorgarlik borishini baholash, saylov komissiyalari ishi tashkil qilinishi, saylov o‘tkazishga aloqador davlat organlari, siyosiy partiyalar, OAVning saylovoldi jarayonidagi faoliyati bilan tanishish uchun yuboriladi. Missiya saylov bo‘yicha milliy qonunchilik umume’tirof etilgan xalqaro standartlarga muvofiqligini tahlil etadi.

Ushbu missiyaning xulosalari asosida YeXHT DIIHB saylovni kuzatish, uning shakli, davomiyligi va kuzatuvchilarning zarur soni to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Xalqaro kuzatuvchilarning ishtirokidan nimalar kutilmoqda?

Xalqaro kuzatuvchilar ishtiroki, shuningdek, ularning saylov kuzatuvi natijalari bo‘yicha bergan taklif va tavsiyalari saylov qonunchiligi va amaliyotni sohaga doir umume’tirof etilgan meyor va standartlarga muvofiq yanada takomillashtirish imkonini beradi.

Yangi normalarga binoan Markaziy saylov komissiyasi boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar beradi. Bundan tashqari, saylov uchastkalari qamoqda saqlash joylarida ham tashkil etilishi mumkin.

Prezidentlikka nomzod Hotamjon Ketmonov - Sputnik O‘zbekiston
Tanishing: O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi qonunchiligini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartishlarning muhim o‘ziga xosligi quyidagilarda ko‘rinadi. Davlat rahbari lavozimiga nomzodni ko‘rsatish uchun zarur imzolar miqdori saylovchilar umumiy sonining  5 foizidan bir foizga kamaytirildi. Bu Yevropa Ittifoqining saylov masalalari bo‘yicha Venetsiya komissiyasining tegishli amaliyot kodeksi tavsiyalariga mos keladi.

Shuningdek, saylovoldi tashviqoti tushunchasi, uni o‘tkazish turlari, shakllari va usullari mustahkamlab qo‘yilganligi, saylovoldi tashviqotiga nafaqat saylov kuni, balki ovoz berish boshlangunga qadar bir kun oldin ham yo‘l qo‘yilmasli, muddatdan oldin ovoz berish tartibi belgilandi. Muddatidan oldin ovoz berish saylovga 10 kun qolganida boshlanadi va saylovga bir kun qolganida tugallanadi.

Yangiliklar lentasi
0