TOShKENT, 30 sen — Sputnik. 2016-yilning 2-sentabrida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov 78 yoshida insult kasalligidan vafot etgan edi. Hozirda, davlat rahbari vazifasini vaqtincha bosh vazir Shavkat Mirziyoyev bajarib kelmoqda. Prezident saylovi esa shu yilning 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar oliy organlari 30-sentabrdan 20-oktabrgacha bo‘lgan muddat ichida Markaziy Saylov Komissiyasi qarori bilan belgilangan rejaga mos ravishda o‘z nomzodlarini prezidentlik uchun ilgari suradi.
Qonunchilikka ko‘ra, O‘zbekiston rahbarligi uchun saylov e’lon qilingan kundan 6 oy muqaddam ro‘yxatdan o‘tgan siyosiy partiyalargina prezident saylovida ishtirok eta oladi.
Avvalroq, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan barcha to‘rtta siyosiy partiya o‘z plenumlarini o‘tkazib, prezidentlik saylovida ishtirok etishga qaror qilgan edi.
O‘tgan haftada O‘zbekiston Markaziy Saylov Komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov barcha to‘rtta siyosiy partiyalarga prezidentlik saylovida ishtirok etish huquqi taqdim etilganini ma’lum qilgan edi. Ular 20-oktabr kunigacha davom etadigan imzo yig‘ish jarayonida, qonunchilikka binoan barcha saylovchilarning bir foizi (214,35 ming imzo) miqdorida imzoni to‘plashi talab etiladi.