MSK: Okrug saylov komissiya a’zolarining 36,8 foizi xotin-qizlar

© SIK UzbekistanaO‘zbekistonda Prezident saylovi
O‘zbekistonda Prezident saylovi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Okrug saylov komissiyalarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba to‘plagan, jamiyatning obro‘li vakillaridir.

TOShKENT, 23 sen – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazining xabariga ko‘ra,  O‘zbekiston va chet el ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Prezident saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasining borishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Xabarda bildirilishicha, Markaziy saylov komissiyasi raisi M.Abdusalomov saylovga tayyorgarlik ishlari qonunchilik talablari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Asosiy tadbirlar dasturi asosida izchil olib borilayotganini qayd etdi.

Brifingda ma’lum bo‘lishicha, "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida"gi Qonunga 2015-yil 29-dekabrda kiritilgan o‘zgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirilgan. Bu 214 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi.

Qayd etilishicha, bu imzolar kamida sakkizta ma’muriy-hududiy tuzilma namoyandasi bo‘lgan saylovchilarni qamrab olgan bo‘lishi kerak. Ma’muriy-hududiy tuzilmalardan birida siyosiy partiya imzolar umumiy miqdorining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

O‘zbekistonda prezident saylovlari - Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tarkibiga nomzodlar tavsiya etildi

Brifingda jurnalistlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalari tuzilganligi haqida xabardor qilindi. Okrug saylov komissiyalarining 56,6 foizi avvalgi saylovlarda amaliy tajriba to‘plagan, jamiyatning obro‘li vakillaridir. Komissiya a’zolarining 56 nafari, ya’ni 36,8 foizi xotin-qizlardir, ularning 12 nafari esa saylov komissiyalarining rahbariyatidan joy egallagan.

Butun saylov kampaniyasi oshkoralik va ochiqlik tamoyillari asosida olib borilmoqda. Shu maqsadda Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, O‘zA, “Jahon”, “Uzreport” axborot agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan ikki tomonlama bitimlar imzolangan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan xorijiy va milliy ommaviy axborot vositalarining qariyb 400 nafar vakili akkreditatsiyadan o‘tkazildi.

Jurnalistlar - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasi bir qator OAVlar bilan saylovni yoritish bo‘yicha bitimlar imzoladi

Brifingda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasi kabi nufuzli xalqaro tuzilmalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun taklifnomalar yuborilgani ma’lum qilindi.

Yangiliklar lentasi
0