Ishchenko: "Avtoritar" O‘zbekiston AQShdan ko‘ra demokratikroq

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRostislav Ishchenko
Rostislav Ishchenko - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertning aytishicha, Saudiyadagi teokratik monarxiya yoki Lesoto qirolligi kabi davlatlar hisobga olinmasa, ayrim milliy xususiyatlar bilan yo‘g‘rilgan demokratiya hamma joyda bir xil ekanligi ma’lum bo‘ladi.

TOShKENT, 22 sen — Sputnik. Biz ko‘pincha aytilgan iboraning ma’nosi haqida o‘ylab ham o‘tirmasdan siyosiy tamg‘adek gapiramiz. Masalan, hamma AQSh va Boltiqbo‘yida demokratiya mavjudligi, dunyoning boshqa davlatlari va sobiq SSSR mamlakatlarida esa avtoritar rejim hukm surishi haqida biladi, deydi Tizimli tahlil va prognoz qilish markazi prezidenti Rostislav Ishchenko Sputnikka bergan intervyusida.

Agarda Saudiyadagi teokratik monarxiya yoki Lesoto qirolligi kabi davlatlar hisobga olinmasa, ayrim milliy xususiyatlar bilan yo‘g‘rilgan demokratiya hamma joyda bir xil ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Shakldan boshlaymiz

Sayyoramizdagi aksariyat davlatlarda bir xil tuzum mavjud: davlat rahbari (prezident yoki monarx), ijrochi hokimiyat (bosh vazir rahbarligidagi hukumat), parlament (bir yoki ikki palatali). Ba’zida, masalan davlat rahbari AQShdagi kabi ijrochi hokimiyat boshlig‘i vazifasini ham bajarishi mumkin, lekin mumtoz demokratiya buni ma’qullamaydi.

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Turkmaniston yetakchisi "umrbod prezident" bo‘lishi mumkin

Shu tarzda Yevropa "avtoritar" deb hisoblaydigan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Belorussiya kabi davlatlar shakl nuqtayi nazaridan olib qaraganda AQSh yoki qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyat ishiga faol aralashish uchun keng vakolatlarga ega gersog boshqaruvchi Lyuksemburg gersogligiga nisbatan demokratikroq ko‘rinishdadir.

Darvoqe, "demokratik" Buyuk Britaniyaning monarxi ham shunga o‘xshash va hatto undan ham ko‘proq vakolatlarga ega. Lordlar palatasida yoki AQShda prezidentni saylashda saylovchilar kollegiyasida o‘rinlarning meros qolishi nafaqat zamonaviy, balki XIX asr boshlaridagi mumtoz demokratiya haqidagi tasavvurlarga ham mutlaqo zid.

Saylovlar va vakolatlar haqida

Demokratiyaning yana bir belgisi deb davlat rahbarlarining muntazam almashib turishi hisoblanadi. Yuzlab yillardan buyon hukmdorlik qilib kelayotgan yevropalik monarxlarni o‘z holiga qo‘yamiz. Demokratiyani g‘arbcha tushunuvchilarning fikricha, ular real hokimiyatga ega bo‘lmagan oddiy ramzlardir – aslida esa Britaniyaning vakolatlari cheklanmagan monarxi oldida Italiya prezidenti ramziyroq ko‘rinadi.

Keling, surunkasiga to‘rt marta AQSh prezidentligiga saylangan Franklin Ruzveltni eslaylik. Bu holatda G‘arbda hech kim uning prezidentligi vaqtida AQShda demokratiya mavjud bo‘lmagan degan fikrni ilgari surmaydi.

Britaniya yoki Italiya bosh vaziri, Germaniya kansleri sifatida istagancha uzoq vaqt ishlash mumkin. Bu mamlakatlarda ijrochi hokimiyat boshliqlari keng vakolatlarga ega. Britaniyada bosh vazir parlament deputati, parlament ko‘pchiligining yetakchisi va bir vaqtning o‘zida bosh vazir bo‘lgani holda qonun chiqaruvchi va ijrochi hokimiyatlarning vakolatlarini o‘zida birlashtiradi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning tayinlanishi – to‘g‘ri qaror

Buyuk Britaniyada hukmron partiya parlament vakolatlari muddati doirasida istagan paytida saylov belgilashi mumkin. Buning uchun bosh vazir monarxga parlamentni tarqatib yuborish taklifi bilan chiqsa kifoya. Bu usuldan Margaret Tetcher o‘z hukmronlik davrini uzaytirish uchun bir necha bor foydalangan. Eng avtoritar rejimlar orasida avtoritar bo‘lgan (g‘arbning fikricha) sobiq sovet davlatlarida esa vakolatlar muddatini uzaytirish uchun navbatdagi (yoki muddatidan oldingi) saylovlar yoki umumxalq referendumi o‘tkaziladi.

Shu nuqtayi nazardan Qozog‘iston yoki Ozarbayjon prezidenti qonuniylik darajasi jihatidan Britaniya monarxi yoki bosh vaziri, AQSh prezidentidan yuqoriroq turadi. AQShda prezident saylovlarda kam ovoz olishi, lekin saylaydiganlar tomonidan saylanishi mumkin.

Namoyon bo‘lgan natija

Aslida, "avtoritar rejimlar" ikkita sababga ko‘ra xalqqa yaqinroq turadi. Birinchidan, hududiy, etnik va qarindoshlik rishtalari saylangan inson zimmasiga uni saylaganlar oldida norasmiy majburiyat yuklaydi. Moliyaviy manfaatlardan farqli o‘laroq, bu majburiyatga xiyonat qilinmaydi. Moliyaviy guruhning manfaatlariga xiyonat qilib, bu biznes, deyish mumkin. Lekin etnik manfaatlarga xiyonat qilgan inson shak-shubhasiz quvg‘indiga aylanadi. Bu holatda aytish mumkinki, o‘zaro muloqot va “xalq nazorati” G‘arbdan ko‘ra Sharqda yaxshiroq ishlaydi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Mirziyoyev barchaga uyda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi

Ikkinchidan, “Sharqning avtoritar yetakchilari” deb ataluvchilar shaxsiy obro‘si bor ekan, hokimiyat tepasida turaverishlari mumkin. G‘arbda esa shaxs obro‘si lavozim obro‘siga almashgan.

Qo‘pol qilib aytganda, Sharqda sen aqlli, kuchli bo‘lganing va senga ishonishgani uchun prezidentsan, G‘arbda esa sen prezident ekanliging uchun aqllisan va senga prezidentliging yakunlanguniga qadar ishonishadi.

Demokratiyaning ikki modeli samaradorligini aniqlash uchun keyingi 25-yil mobaynida demokratikligi hech kimda shubha uyg‘otmaydigan Boltiqbo‘yi bilan Qozog‘iston yoki Ozarbayjondagi natijalarni solishtirib ko‘rishni taklif etaman. Ostona va Boku o‘z hududlarida yaqqol yetakchilarga aylanishdi.
G‘arb tasnifi bo‘yicha keyingi ikki-uch yilda demokratiklikning barcha rekordlariga erishgan Ukraina va Moldaviyani esa sobiq sovet hududida hech kim bilan solishtirib bo‘lmaydi. Chunki aholi qashshoqligi darajasi bo‘yicha ular barchani quvib o‘tishdi. Ukraina esa qashshoqlashish tezligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni oldi.

Shunday ekan Sharqning yosh muqobil demokratiyasi nafaqat shakl jihatidan, balki samaradorlik jihatidan ham ustun hisoblanadi. To‘g‘ri, agarda hokimiyat transmilliy korporatsiyalarning emas, xalqning irodasini aks ettirsa.

Muallif fikri tahririyat qarashlaridan farqlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0