Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning tayinlanishi – to‘g‘ri qaror

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev oqil siyosatchi, bosh vazir sifatida ham o‘tgan davr ichida mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shgan, siyosiy doiralarda taniqli shaxs,-deydi ekspert.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati Kengashining qo‘shma yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlandi. Oliy Majlis Senati Raisi Nig‘matulla Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev muvaqqat prezident etib tayinlandi
Shu munosabat bilan Sputnik siyosiy ekspertning fikrini so‘radi.

“Shavkat Miromonovichning O‘zbekiston xalq xo‘jaligi sohasi rivojiga qanchalik mehnati singganligini juda yaxshi bilamiz. Uning yaratuvchanlik, izlanuvchanlik qobiliyati hurmatga sazovor,-deydi ekspert. —  Uning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlanganligi to‘g‘ri qaror bo‘lgan deb o‘ylayman. Nig‘matulla Yo‘ldoshev haqida deyarli ma’lumotga ega emasman. Shavkat Mirziyoyev oqil siyosatchi, bosh vazir sifatida ham o‘tgan davr ichida mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shgan, siyosiy doiralarda taniqli shaxs. Uzoq vaqt davomida O‘zbekistonning birinchi Prezidenti bilan yonma-yon ishlab kelgan”.

Ishonamanki, O‘zbekistonda Prezident Islom Karimov boshlab bergan demokratik taraqqiyot yo‘li davom etadi. Rossiya bilan do‘stona aloqalar yanada mustahkamlanadi, diniy ekstremizmning kirib kelishiga qarshi kurash davom etadi”, —deya fikrida davom etadi ekspert.

O‘zbekiston kichkina davlat emas, aholisi soni ham salmoqli. Barqarorlik va tinchlikni nafaqat o‘zbekistonliklar, balki qo‘shni davlatlar ham chin dildan istashadi. Islom Karimov olib borgan tinchlikparvarlik siyosatini Shavkat Miromonovich ham olib borishiga ishonchim komil”,-deya fikrlarini yakunlaydi u.

Yangiliklar lentasi
0