Ekspert: Turkmaniston yetakchisi "umrbod prezident" bo‘lishi mumkin

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishTurkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agarda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilmaganida edi, Berdimuhammedov o‘z nomzodini 2027-yilga qadar ko‘rsata olishi mumkin edi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. Turkmanistonda yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhammedovning “umrbod prezident” bo‘lishi mumkinligiga ishora, deb hisoblaydi oliy iqtisodiyot maktabi ilmiy-tadqiqot universitetining jahon iqtisodiyoti va siyosati fakulteti dekani o‘rinbosari Andrey Suzdalsev RIA Novostiga.

Chorshanba kuni Turkmaniston parlamenti deputatlari yangi konstitutsiya qabul qilinishi uchun ovoz berdilar. Oldingi konstitutsiyaga ko‘ra Turkmanistonda tug‘ilgan, yoshi 40dan kam bo‘lmagan va 70dan oshmagan mamlakat fuqarolari prezident etib saylanishi mumkin edi. Yangi qonundan esa “70dan oshmagan” degan meyor olib tashlandi. Yangi konstitutsiya shuningdek prezident vakolatlarini besh yildan yetti yilga uzaytiradi.

Turkmaniston prezidenti saroyi - Sputnik O‘zbekiston
Yangi qonun: Turkmanistonda endi yoshi 90 dan oshganlar ham prezident etib saylana oladi

Berdimuhammedov hozir 59 yoshda, agarda u 2017 yilgi saylovlarda uchinchi marta saylansa, u 2024 yilga qadar Turkmaniston prezidenti lavozimida qoladi. Undan keyin u prezidentlikka o‘z nomzodini qayta-qayta ko‘rsatishi mumkin, zero mamlakatda prezidentning saylanish miqdori cheklanmagan.

Ekspertning fikricha, Berdimuhammedov shu tarzda “umrbod prezident” bo‘lishi mumkin. Agarda konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritilmaganida edi, Berdimuhammedov o‘z nomzodini 2027-yilga qadar ko‘rsata olishi mumkin edi.

Ekspert shuningdek hozirda Turkmanistonda Berdimuhammedovning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzod yo‘q deb hisoblaydi. Uning aytishicha, Berdimuhammedov ham o‘ziga xos “millat otasi”ga aylanib ulgurgan.

Yangiliklar lentasi
0