TOShKENT, 9 sen — Sputnik. Kuni kecha, 8-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisi davomida O‘zbekiston Bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Shavkat Mirziyoyev respublikaning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi.
Siyosatshunosning fikriga ko‘ra, Mirziyoyev nomzodini ilgari surish haqidagi qaror bugun emas, balki O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti — Islom Karimovning dafn marosimidayoq qabul qilingan.
"O‘zbekiston — bu sharqona davlat. Bu yerda pul emas, balki qarindosh-urug‘chilik va boshqa aloqalar muhim hisoblanadi. Bu mamlakatda uyda kim xo‘jayin ekanini darhol namoyish etish zarur. Aks holda, tartibsizlik boshlanadi. Tasavvur qiling, muvaqqat prezident etib Yo‘ldoshev tayinlandi, xo‘sh, bundan nima foyda? Baribir barcha qarorlarni Mirziyoyev jamoasi qabul qilar edi. Faqatgina ikkita markaz bo‘lardi xolos — biri, ya’ni rasman Yo‘ldoshev boshchiligida, aytish lozim u hech kim tomonidan jiddiy qabul qilinmasdi, va ikkinchisi, ya’ni "soya"dagisi — Shavkat Miromonovich boshchiligida", — deya ta’kidladi ekpert.
Bu qaror, ekpert fikriga ko‘ra, yana bir kuchli arbob — Moliya vaziri va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lmish Rustam Azimovga qarshi qaratilgan.
"Azimov Karimovning ishongan vakili edi, hukumat boshqaruvida u prezidentning ko‘zlari vazifasini bajargan deyish mumkin. Azimov Islom Karimovga u yerda nimalar bo‘layotgani haqida to‘liq axborot berib borgan. Shuning uchun ham uni hamma yomon ko‘rgan, jumladan, o‘sha Mirziyoyev ham. Fikrimcha, saylovlarga qadar yangi muvaqqat prezident keskin qadamlarni qo‘ymaydi, ammo keyinchalik, bunga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi, u Azimovni biror bir chet davlatga elchi qilib jo‘natib yuboradi, masalan, Benilyuksga", — dedi ekspert.
Hozir barcha fitnalar kim Bosh vazir etib tayinlanishi atrofida olib borilmoqda.
Siyosatshunosning fikricha, Mirziyeyov bunday muhim platformani o‘z raqibi Azimovga berib qo‘ymasligi haqiqatga yaqinroq. "Faqatgina ular o‘rtasida kelishuv imzolanib, ta’sir sohalari aniq belgilab olingandagina shunday bo‘lishi mumkin", — deya fikr bildiradi suhbatdosh. "Ammo bunday bo‘lishi mumkinmas, chunki bu ikki shaxs — ikki olam. Mirziyoyevni sovet tuzumi odami deyish mumkin, u qatiqqo‘llik bilan boshqarishni yaxshi ko‘radi, Azimov esa — liberal", — deb qo‘shimcha qiladi ekspert.
Bosh vazir lavozimini Bosh vazir o‘rinbosalaridan biri egallashi ehtimolga yaqin, u Mirziyoyevning odami bo‘ladi. Misol uchun bu lavozimga G‘ulomjon Ibragimov yoki Ulug‘bek Ro‘ziqulov tayinlanishi mumkin, — deya taxmin qiladi ekspert.
"O‘zbek hukumati O‘zbekiston huquqiy va demokratik respubllika ekanligini namoyish etish hamisha muhim hisoblab kelingan. Bu sharqona spetsifikalardan biri. Mana misol uchun, Mirziyoyevning saylanishi borasida ham e’tiroz bildira olmaysiz, sababi, Yo‘ldoshevning o‘zi vakolatdan voz kechib, Mirziyoyevning nomzodini ilgari surib o‘tiribdi. Hammasi qonun doirasida", — deya ta’kidlaydi suhbatdosh.
Ekspertga ko‘ra, Mirziyeyov nomzodini ilgari surish qarori chet eldagi muxolifat harakatlari rahbarlarining mamlakatdagi vaziyatni izdan chiqarishga urinishiga asoslangan bo‘lishi ham mumkin.
"Oldinda O‘zbekistonni saylovlar kutmoqda. Ularda Mirziyoyevning bir nechta nominal opponentlari bo‘ladi. Qonunan hammasi ideal bo‘ladi: kuzatuvchilar kelishadi, qonunbuzarliklar bo‘lmaydi. Bu bizda texnologiyalar kuchayib ketganidan emas, yo‘q, shunchaki, barchasi allaqachon kelishib bo‘lingan, xalqqa keladigan bo‘lsak — u barqarorlikka muhtoj, va u bu narsani Mirziyoyevda ko‘rmoqda", — deya so‘zladi siyosatshunos.
Siz o‘ylaysizki, so‘nggi vaqtlarda OAVlarda rosa "chaynalayotgan" xabar — Mirziyoyevning Usmonovga yaqinligi va shu bois, Rossiya va O‘zbekiston yanada yaqinlishish haqidagi ma’lumotlar tasodifmi? Albatta, yo‘q", — deya ta’kidlaydi ekspert.
"O‘zbekistonliklarning kattagina qismi Rossiya bilan aloqalar yaxshilanishi tarafdori. Chunki har bir oiladan kimdir Rossiyada mehnat qilmoqda yoki endi kelib mehnat qiladi. Bizning fuqarolarimiz sputnik antennalar orqali Rossiya teledasturlarini tomosha qilishadi. Oddiygina misol, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar o‘ta yomonlashgan davrda o‘zbek xalqi Rossiya tomonda bo‘lgan edi. Shunday ekan, siyosiy o‘yinlar o‘zining avj nuqtasida, saylov kampaniyasi boshlanishini kutamiz", — deya o‘z fikrlariga yakun yasadi ekspert.