Prezident saylovini kuzatishga ShHT vakillari taklif qilindi

© Sayt ShOSPekindagi ShHT xartiyasi zali
Pekindagi ShHT xartiyasi zali - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi bungacha MDH, YeXHT kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillarini saylovlarni kuzatishga taklif etdi.

TOShKENT, 19 sen – Sputnik. Markaziy Saylov komissiyasi (MSK) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) vakillarini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovini kuzatish uchun rasmiy taklifnoma yubordi, deb xabar qildi nuz.uz.

ShHTga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kiradi. 2015-yilda Hindiston va Pokistonni tashkilotga qabul qilish jarayoni boshlangan. Belorussiya, Mongoliya, Hindiston, Eron, Pokiston va Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etdi. Prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Shavkat Mirziyoyev tayinlandi.

YeXHT vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovini kuzatishga YeXHT vakillari taklif qilindi

Markaziy Saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov xabariga ko‘ra O‘zbekiston prezidenti saylovi 4-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston prezidenti sayloviga xalqaro kuzatuvchilarni taklif qilish 23-noyabrgacha davom etadi.

Markaziy saylov komissiyasi bungacha MDH, YeXHT kabi qator xalqaro tashkilotlar vakillarini saylovlarni kuzatishga taklif etdi.  

Yangiliklar lentasi
0