Ekspert: O‘zbekistonning yangi rahbari iqtisodiyotni rivojlantiradi

© SputnikStanislav Pritchin
Stanislav Pritchin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz bu bosqichda rahbariyatning oqilona yo‘l tutgani va o‘zaro hamjihatligini ko‘rmoqdamiz. Ya’ni hozir hamma birgalikda bosib o‘tishi lozim bo‘lgan murakkab davr ekanligini barcha anglab turibdi", — dedi Pritchin.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shavkat Mirziyoyevning dastlabki qadamlari va bayonotlari uning siyosati haqida taxminlar yuritishga imkon beradi, deydi Rossiya FA sharqshunoslik institutining ilmiy xodimi Stanislav Pritchin, RIA Novostiga asosan.

Uning taxminiga ko‘ra, Mirziyoyev mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratadi, tashqi siyosatda esa Islom Karimov yo‘lidan boradi.

"Nomzod iqtisodiyotda (O‘zbekiston iqtisodiyoti – tah.) qanday muammolar mavjudligini juda yaxshi tushunadi. Bir millionta ish o‘rni yaratish vazifasi qo‘yilgan. Buni amalga oshirish murakkab ish, lekin… bandlik muammosiga juda katta e’tibor qaratilgan. 480 ming nafar kasb-hunar kollejlarini bitiruvchilarni ishga joylashtirish ko‘zda tutilgan… Bundan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirish bo‘yicha ish olib boriladi", — dedi Pritchin "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida.

Rossiya v globalnoy politike, jurnali bosh muharriri Fedor Lukyanov. - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Mirziyoyevning Bishkekka bormaganligi MDHni rad etish emas

"IIV haqida yangi qonun imzolandi, hukumat tarkibida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi… bulardan ba’zi narsalarni ilg‘ash mumkin", — deb hisoblaydi u. Xususan, ekspert prezidentlik lavozimiga nomzodlardan biri hisoblangan vazir o‘rinbosari Rustam Azimovning vakolatlari qisqartirilmagani, aksincha kengaytirilganini qoniqish bilan qayd etdi.

"Biz bu bosqichda rahbariyatning oqilona yo‘l tutgani va o‘zaro hamjihatligini ko‘rmoqdamiz. Ya’ni hozir hamma birgalikda bosib o‘tishi lozim bo‘lgan murakkab davr ekanligini barcha anglab turibdi", — dedi Pritchin.

Shu bilan birga u “hozirda mavjud bo‘lgan hokimiyatning yuqori qismi saqlanib qolishini” taxmin qildi.

O‘zbekistonning bo‘lajak Prezidenti tashqi siyosatda qanday yo‘l tutishini esa Mirziyoyevning Prezidentlik lavozimini bajarishga tayinlanganidan so‘ng so‘zlagan nutqidan taxmin qilish mumkin.

Oqsaroy - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: O‘zbekiston xavfsizlik bo‘shlig‘ida qoladimi?

"U O‘zbekiston siyosatining bloklardan xoli, o‘z hududida xorijiy bazalarni joylashtirmaslik tashqi siyosatda ustivor bo‘lib qolishini ta’kidladi", — deydi Pritchin.

"Prezidentlikka nomzodning nutqidan kelib chiqib aytish mumkinki, tashqi siyosatda birinchi o‘rinda Markaziy Osiyo davlatlari, so‘ngra Rossiyaga alohida e’tibor ajratilgan holda MDH… turadi. Bu yog‘iga esa AQSh, Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya. Hammasi aniqlik bilan ko‘rsatib berilgan", — deya qo‘shib qo‘ydi ekspert.

Davra suhbatida ishtirok etgan RF TIV Moskva davlat xalqaro aloqalar institutidagi xalqaro tadqiqotlar institutining analitika markazi direktori Andrey Kazansev esa O‘zbekiston va uning yangi Prezidenti oldida jiddiy muammo va tahdidlar borligini, lekin ular hal qilib bo‘lmas darajada murakkab emasligini bildirdi.

"Rossiya, O‘zbekiston va boshqa sobiq ittifoq mamlakatlariga, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan xalqaro terrorizm xavfi o‘xshash va umumiy. U qator noxush holatlar, birinchi navbatda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat bilan bog‘liq”, dedi Kazansev.

MDH davlatlari institutining Markaziy Osiyo bo‘limi rahbari Andrey Grozin - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Kvazi davlatning tuzilishi O‘rta Osiyo davlatlari uchun yangi tahdid bo‘ldi

Xususan, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi vaziyatga Rossiyadagi iqtisodiy pasayish, rubl kursining tushishi salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. "Migrantlar jo‘natadigan pulning kamayib ketishi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqardi", — dedi ekspert.

"Mirziyoyev O‘zbekistondagi ikkinchi shaxs sifatida iqtisodiyot bilan shug‘ullanganligi juda yaxshi, chunki O‘zbekiston oldidagi asosiy muammolar ijtimoiy-iqtisodiy xarakter kasb etadi", — deb qo‘shib qo‘ydi u.

"Nafaqat O‘zbekistonda, balki Farg‘ona vodiysi bilan chegaradosh davlatlarda ko‘plab yoshlarning ishsiz ekanligi ko‘zga tashlanadi va bu yollovchilar uchun juda qulaydir. Bunday kishilarni “Al Qoida” va ID bilan aloqador terroristik guruhlar o‘z safiga tortayotganligini yaxshi bilamiz. Nafaqat u tomonlarda, balki Rossiyada ham (o‘z safiga tortmoqda – tah.)", — dedi ekspert.

"Muammo va tahdidlar bor, lekin bularni bartaraf qilsa bo‘ladi. Shunchaki vaziyatni barqarorlashtirish uchun donolik kerak… Tahdidni bo‘rttirib ko‘rsatmaslik, qandaydir vahimali kayfiyat uyg‘otmaslik, lekin tahdidlar borligini yaxshi anglash kerak ", — deya xulosa qildi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0