O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar saylovda ishtirok etish uchun hujjatlar taqdim etdi

© Sputnik / Yuriy Somov / Mediabankka o‘tishSaylov qutisi
Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi.

TOShKENT, 20 sen – Sputnik. Shu yilning 4-dekabrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga qonun hujjatlari hamda Asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilayotgani xabar qilindi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazi tomonidan.

“Shu yilning 20-sentabr kuni O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiyalar rahbarlari tomonidan imzolangan arizalari, Adliya vazirligining siyosiy partiyalar ro‘yxatga olinganligi ko‘rsatilgan ma’lumotnomalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarini taqdim etdilar”, deyiladi matbuot markazi xabarnomasida.

Xabarda shuningdek, shu kunning o‘zida O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi vakillari Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish maqsadida murojaat qilib, tegishli hujjatlarni taqdim etganligi bildirilgan.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda prezidentlik sayloviga 14ta saylov okruglari tashkil qilindi

“Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida besh kunlik muddat ichida siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida uzil-kesil qaror qabul qiladi, – dedi Markaziy saylov komissiyasi raisining o‘rinbosari K.Adilov. – Amaldagi qonunchilikka muvofiq saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalar kelib tushish navbatiga qarab markaziy matbuotda e’lon qilinadi”, deya yakunlanadi xabarnoma.

2016 yilning 19-sentabr kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi vakillari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish maqsadida tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etgani xabar qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0