Eskpert: Mirziyoyev hokimiyatni o‘ziga moslashtirishga kirishdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Abdulla Oripovning hokimiyatga qaytarilishini - kutilgan odim, - deydi ekpert. - Buning hayratlanarli joyi yo‘q, negaki u Mirziyoyev ko‘magida martabaga erishgan inson, bir so‘z bilan aytganda Shavkat Miromonovichning odami. Aynan Abdulla Oripov keyinchalik Rustam Azimovning o‘rnini egallashi mumkin".

TOShKENT, 15 sen — Sputnik. O‘zbekistonning muvaqqat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan hokimiyat tepasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar, bu hali boshlanishi, deb hisoblaydi Sputnik muxbiri bilan ismi sir tutilishi sharti bilan suhbat qurishga rozi bo‘lgan o‘zbek siyosatshunoslaridan biri.

Ajdar Kurtov - Sputnik O‘zbekiston
Kurtov: saylovlarda Mirziyoyevning real opponentlari bo‘lmaydi
Siyosatshunosga ko‘ra, bu davlat mashinasida kechayotgan o‘zgarishlarning faqatgina bizga ko‘ringan qismi, xolos.

"Taxminan bir yil oldin barcha davlat organlari yoppasiga o‘zlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning anketalarini ularning suratlari bilan birga, hatto, qarindoshlarining qisqacha tarjimai-holini qo‘shgan tarzda kuch organlariga topshirgan edi. O‘sha paytdayoq eng ishonchlilar tanlab olingan, ayni vaqtda esa bu jarayon to‘liq ishga tushirilgan, davlat organlarining eng muhimlari hamda tuzilmalar saylovlarga qadar tozalanadi, keyin esa navbat boshqalarga ham yetib keladi", — deb ta’kidladi ekspert.

"Abdulla Oripovning hokimiyatga qaytarilishini, — deydi ekpert. — Kutilgan qadam deb hisoblash mumkin. Buning hayratlanarli joyi yo‘q, negaki Oripov Mirziyoyev ko‘magida martabaga erishgan inson, bir so‘z bilan aytganda uning odami". Ekspertning fikriga ko‘ra, aynan Abdulla Oripov eng muhim o‘rinlarda keyinchalik Rustam Azimovning o‘rnini egallashi mumkin.

Ekspertga ko‘ra, 2012-yilda O‘zbekistonda Rossiyaning "MTS" kompaniyasi aktivlari va mol-mulki qo‘lga olinishi bilan bog‘liq janjaldan keyin Mirziyoyev yon berishga va Oripovni lavozimidan olishga majbur bo‘lgan edi. Ammo shu bilan birga bu harakatlar ortida O‘zbekistonning Birinchi Prezidentining qizi Gulnora Karimova turganini, o‘sha vaqtda Bosh vazir o‘rinbosari, axborotlashtirish tizimi va telekommunikatsiyalar kompleksi rahbari bo‘lgan Oripov "yemagan somsasiga pul to‘lashga majbur bo‘lgani"ni hamma bilardi.

Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibini o‘zgartirishni boshladi
"Oripov yaxshi boshqaruvchi, u 10 yildan ortiq muddat (2002-2012 yy.) faqatgina Bosh vazir o‘rinbosari bo‘libgina qolmay, shu bilan birga 2005-yildan 2009-yilgacha hozirgi O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligini boshqargan. Agar u o‘sha vaqtlarda o‘z lavozimida qolganida edi, bugungi kunda Azimovning yulduzi hozirgidek yorqin porlamasligi aniq edi", — deb hikoya qiladi suhbatdosh.

"Yana bir qiziq jihati shuki, — deb ta’kidlaydi ekspert. — Oripov o‘z vaqtida MDH bo‘yicha hamkorlar bilan aloqani yo‘lga qo‘yish uchun javob berar edi. Demak, u, xalqaro munosabatlarda ancha tajribali siyosatchi, Mirziyoyevga esa ayni damda xuddi shunday inson kerak. Qolaversa, barcha tashqi aloqalar so‘nggi yillarda Rustam Azimov orqali o‘tgan, bo‘lg‘usi prezident esa, u shubhasiz Mirziyoyev bo‘ladi, o‘zi oldida bunday kuchli raqibga toqat qilmasligi aniq", — deb ta’kidlaydi siyosatshunos.

Yuqoridagi gaplar sakkiz yillik yo‘qolishdan so‘ng yana siyosatga qaytgan Rustam Qosimovga ham tegishli. U uzoq vaqtlar respublika oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri sifatida faoliyat yuritdi, keyinchalik Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanib, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza masalalari kompleksi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan edi.

Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, u ham xalqaro masalalarda ulkan tajribaga ega, sababi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston milliy muvofiqlashtiruvchisi bo‘lgan.

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Mirziyoyev barchaga uyda kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatib qo‘ydi

2008 yilda esa Gulnora Karimova, hamda bir qator klanlar ilgari surgan yangi "nomzodlar" bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklar tufayli sahnani bo‘shatishga majbur bo‘lgan.

"Bu odamlar Mirziyoyev gvardiyasining eski askarlaridir. Mirziyoyev ular bilan birga hokimiyat tepasiga kelgan, va ulargagina ishonishi mumkin. Aynan mana shu odamlar yordamida u yangi siyosiy ustunni barpo etadi. Mirziyoyev o‘zining odamlarini hozirda rivojlantirish lozim bo‘lgan eng muhim yo‘nalishlarga rahbar etib tayinlaydi. Bu eng avvalo MDH doirasida yechimi topilishi lozim bo‘lgan eski muammolar hamda, tabiiyki, O‘zbekiston ichida ijtimoiy barqarorlikni yaratish masalalaridir. Bu sohalarda bir qator jiddiy o‘zgarishlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi, chunki muxolifatchilar va radikal islomchilar aynan shu yo‘nalishlarda bosim o‘tkazadilar", — deya o‘z fikriga yakun yasadi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0