Shavkat Mirziyoyev hukumat tarkibini o‘zgartirishni boshladi

Obuna bo‘lish
Abdulla Oripov - O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Rustam Qosimov - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlandi.

TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti v.b. Shavkat Mirziyoyev o‘z qarori bilan Abdulla Oripovni Bosh vazir o‘rinbosari etib tayinladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi hukumat portalida xabar qilingan.

Saylov qutisi - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Mirziyoyev saylovgacha jamoani yangilashi mumkin
Abdulla Oripov Vazirlar Mahkamasida Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalari masalalari kompleksi rahbari vazifasini bajaradi.

Shavkat Mirziyoyev shuningdek, boshqa yuqori lavozimli shaxslarni ham tayinladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri lavozimida 2014-yil aprelidan faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Alisher Vahobov o‘rniga Rustam Qosimov tayinlandi.

Muqaddam (2004−2008 yillarda) u oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri va bosh vazir o‘rinbosari edi.

Elmira Irkinovna Bositxonova O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Ibragimov G‘ulomjon Inomovich O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari etib tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0