Kurtov: saylovlarda Mirziyoyevning real opponentlari bo‘lmaydi

Obuna bo‘lish
Siyosatshunos Ajdar Kurtovning Konstitutsiyaga muvofiq keyingi uch oy davomida Prezident vazifasini bajaruvchi bo‘lishi lozim bo‘lgan Nig‘matulla Yo‘ldoshevning nega bu vakolatni "rad etgani" borasida o‘z taxminlarini bildirib o‘tdi.

TOShKENT, 8 sen — Sputnik, Mariya Sheludakova. Shavkat Mirziyoyevning vaqtincha O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishini kutilgan voqea deb aytish mumkin, deb ta’kidladi Sputnik nashriga Rossiya strategik tadqiqotlar instituti eksperti Ajdar Kurtov.

O‘zbekiston Respublikasi Senati majlisi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning nomzodini Senat Raisi taklif qildi
Respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi prezidenti o‘z vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi zimmasiga yuklatiladi. Lekin Oliy Majlis Senati Raisi Yo‘ldoshev bu vakolatni qabul qilishni rad etdi.

Kurtovning fikricha, O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev tasodifan vaqtincha prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlanmagan. "Gap shundaki, — deydi suhbatdosh. — Muhandis-meliorator sifatida Mirziyoyev yuqori lavozimda O‘zbekiston uchun jiddiy muammolardan biri bo‘lgan — suv tanqisligini hal etishi mumkin".

Siyosatshunos, shuningdek, Mirziyoyev Islom Karimov tug‘ilib o‘sgan joy — Samarqandda hokim bo‘lganini eslatib o‘tib, bu O‘zbekistonning birinchi prezidenti tomonidan bildirilgan ishonchdan darak bo‘lishi mumkin, degan fikrni aytib o‘tdi.

"Ehtimol, Mirziyoyev hozircha tashqi siyosatda yetarlicha tajribaga ega emasdir, ammo u xo‘jalik xodimi sifatida ishda to‘xtalishlar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligi aniq, — dedi Kurtov. – O‘zbekiston oldida esa ayni vaqtda iqtisodiyot bilan bog‘liq muammolarni yechishdek murakkat masala turibdi".

O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: Shavkat Mirziyoyevning tayinlanishi – to‘g‘ri qaror

Navbatdan tashqari prezident saylovlari sanasi hozircha belgilanmagan. Konstitutsiyaga muvofiq, o‘zbekistonliklar o‘z prezidentini uch oydan so‘ng saylashlari lozim. Ekspetrning fikricha, bu saylovlarda Mirziyoyevning real opponentlari bo‘lmaydi.

"O‘n yildan ortiq vaqt oldin bir kulgili voqea ro‘y bergan edi. Prezidentlik saylovlariga bir akademik institut rahbari nomzodi ilgari surilgan edi. Saylov uchastkasidan chiqaverishda bu nomzod shaxsan o‘zi Islom Karimov uchun ovoz berganini tan olgan edi. U bu bilan O‘zbekistondagi mavjud siyosiy tizimni tanqid ostida qoldirdi. Bu safar ham shunga o‘xshash voqea takrorlansa ajabmas", — deydi ishonch bilan siyosatshunos.

Yangiliklar lentasi
0