"Turk oqimi", charterlar va Suriya: Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvining asl mohiyati

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishRossiya prezidenti V. Putin va Turkiya rahbari T. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburg shahrida uchrashuvi
Rossiya prezidenti V. Putin va Turkiya rahbari T. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburg shahrida uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on "Su-24" mojarosidan so‘ng birinchi marta 9-avgust kuni Sankt-Peterburgga tashrif buyurib, Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazdi.

TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvida muhokama qilingan eng muhim mavzular haqida ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasidagi muzokaralar ikki soatga yaqin davom etgan, so‘ngra tomonlar hamkorlik masalalarini kengaytirilgan tartibda muhokama qilishga o‘tganlar. Putin va Erdo‘g‘on uchrashuvini yoritish uchun Rossiya, Turkiya, Amerika, Yevropa va Arab davlatlari OAVlarining 138 nafar vakillari akkreditatsiya qilingan.

E’tiborli jihati, ikkala tomon ham uchrashuv yakuni bo‘yicha optimistik baho bergan. Jumladan, Erdo‘g‘on Putinni "qadrdon do‘stim", deb atab, Moskva va Anqara munosabatlari tez orada inqiroz davrigacha bo‘lgan darajaga ko‘tarilishini ta’kidlagan.

Turkiyadagi harbiy isondan so‘ng Putinning qo‘ng‘irog‘i Erdo‘g‘onni xursand qilib yuborgan

Turkiya yetakchisi Rajab Toyib Erdo‘g‘on Turkiyadagi harbiy isondan so‘ng Putinning qo‘ng‘irog‘i uni, hamkasblarini va butun turk xalqini juda xursand qilganini aytdi.

Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Harbiy ison raqamlarda: Erdo‘g‘onni ag‘darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi
"Haqiqatan ham, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdan so‘ng qilgan qo‘ng‘irog‘ingiz meni, mening hamkasblarimni va xalqimizni juda xursand qildi. Bizning xalq bu kabi to‘ntarishlarga qanchalik qarshiligi va qay darajada demokratiya tarafdori ekanligi yakshanba kuni demokratiya mitingi tashkil qilinganda bilindi", — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on seshanba kuni Putin bilan bo‘lgan uchrashuvda.

Turkiya-Rossiya o‘rtasidagi aviaparvozlar tez orada tiklanadi

Rossiya prezidenti tez orada mamlakatlar o‘rtasidagi charter reyslar tiklanishini aytib o‘tdi. Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on, bu savolga sharh berar ekan, Anqara "xalqlarni birlashtirib turgan" sayyohlik parvozlaridan haqiqatan ham katta daromadlar olganini tan oldi. Putin, o‘z navbatida, Turkiya uchun kiritilgan viza tartibining bekor qilinishi ayni damda muhim rol o‘ynashini, bu "iqtisodiy hamkorlik masalalari" uchun naqadar muhimligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Rossiya va Turkiya hamkorligi — mintaqadagi ko‘plab muammolar yechimini kafolatlaydi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on Vladimir Putin bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik regionda mavjud muammolar yechimini topishga yordam berajagini ma’lum qildi.

"Regionda, siyosiy nuqtayi nazardan, biz bilan sizdan ko‘p narsani umid qilishmoqda. Ishonchim komil, sizu bizning hamkorligimiz regionda mavjud muammolarga yechim topishda yordam beradi", — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on.

"Akkuyu" va "Turk oqimi"ning jonlantirilishi

Kutilganidek, Moskva va Anqaraning hamkorlikdagi loyihalari "Akkuyu" AES va "Turk oqimi" gaz o‘tkazgichining keyingi taqdiri hal bo‘ldi.

Vstrecha ministra ekonomicheskogo razvitiya RF A.Ulyukayeva s ministrom ekonomiki Tursii N.Zeybekchi - Sputnik O‘zbekiston
“Turk oqimi” va “Akkuyu” AESi qurilishi bo‘yichi ildam qadamlar tashlanmoqda

Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on ikki loyiha ham qayta tiklanishi va qurilish oxiriga yetkazilishini tasdiqladi.

"Ba’zi bir ruxsatnomalarga keladigan bo‘lsak, turkiyalik hamkasblarimizdan minnatdormiz: "Janubiy oqim" loyihasidan farqli o‘laroq, hattoki munosabatlarimizdagi inqirozga qaramay, o‘tgan davr mobiynida Turkiya tomon o‘z ishini to‘xtatmadi va "Tukr oqimi"ga doir muhim ruxsatnomalar va masalalar hozirda rasmiylashtirildi va bizga taqdim etildi", — deb aytdi muzokara davomida Putin.

Turk oqimi yuzasidan qabul qilingan qaror "Gazprom" aksiyalari narxining shiddat bilan o‘sishini keltirib chiqardi, deb yozadi RIA Novosti.

"Akkuyu" AESiga keladigan bo‘lsak, Erdo‘g‘onning aytishicha, Anqara ushbu loyihaga strategik sarmoya maqomini taqdim etishga tayyor.

Iqtisodiy choralarning bekor qilinishi

Ikkala rahbar ham iqtisodiy hamkorlik darajasini inqirozgacha bo‘lgan darajaga chiqarish haqida gap ochdi.

Rossiya va Turkiya prezidentlari V. Putin va R. Erdo‘g‘onning Sankt-Peterburgda o‘tkazilgan uchrashuvidan surat - Sputnik O‘zbekiston
OAV: NATO va YeI Rossiya va Turkiya do‘stlashuvidan havotirga tushib qoldi
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya turk kompaniyalariga qarshi e’lon qilingan iqtisodiy cheklovlarni bosqichma-bosqich bekor qilish niyatida. Rossiya prezidenti yaqin orada Turkiya qurilish firmalari faoliyatiga oida cheklovlar olib tashlanadi, deb aytdi.

Bundan tashqari, rasmiy Kreml hukumat darajasida 2016-2019 yillar uchun Turkiya bilan hamkorlik dasturini qabul qilishini ma’lum qildi. 

Suriya masalasi

Jurnalistlar tomonidan berilgan Suriya muammosiga oid savollarga javob berar ekan, Putin ham, Erdo‘g‘on ham bu masala alohida muhokama qilinishini ta’kidlaganlar.

"Biz mana shu masala yuzasidan tashqi ishlar vazirlari, maxsus xizmat vakillari bilan alohida yig‘ilish o‘tkazib, ma’lumot almashishga va ma’lum yechimlar topishga kelishib oldik", — degan Putin bu masalada Anqara va Moskva pozitsiyalari hamisha ham bir joydan chiqmaganini qo‘shimcha qilgan holda.

Yangiliklar lentasi
0