Harbiy ison raqamlarda: Erdo‘g‘onni ag‘darishga urinish Turkiyaga qanchaga tushdi

© AFP 2023 / BULENT KILICTurkiya bayrog‘i
Turkiya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RIA Novosti agentligi uch hafta muqaddam, ya’ni 16-iyulga o‘tar kechasi yuz bergan davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish Turkiyaga qanchaga tushganini hisoblab chiqdi.

TOShKENT, 5 avg — Sputnik. Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘onga qarshi ison yuzlab odamlar o‘limiga olib keldi, moliyaviy yo‘qotishlar esa milliardlab dollarlarda o‘lchanmoqda. Ison tufayli o‘z joyidan ayrilganlar qancha: ommaviy "tozalash" ishlari isonchilar "uyasi" sanalmish armiya bilan bir qatorda, mamlakatdagi deyarli barcha muassasalarni qamrab oldi, deb yozadi nashr.

Yo‘qotishlar: odamlar va pullar

Eng so‘nggi ma’lumotlarga muvofiq, ison oqibatida mamlakatning 246 nafar fuqarosi halok bo‘lgan. Ikki mingdan ziyod kishi jarohatlangan. Bu statistikada isonchilar tomonida bo‘lgan kishilar o‘limi hisobga olinmagan.

NATO harbiy kemalari - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya Harbiy Dengiz flotining 14 kemasi yo‘qolib qoldi
Mamlakat iqtisodiyotiga ham jiddiy talafot yetgan.

"Agar biz barcha samolyotlar, vertolotlar, qurol-aslahalar, bombalar va (vayron qilingan) binolarni pulga chaqadigan bo‘lsak, yetkazilgan zarar miqdorini kamida 300 milliard lir (100 milliard dollar) deb aytish mumkin" — deya bayonot qildi Turkiya Savdo va bojxona vaziri Bulent Tufenkchi.

Vazir aytilgan zarar miqdori aniqmasligini, u yanada ko‘proqni tashkil qilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi.

"Ko‘plab chet elliklar mamlakatimizga tashrifini bekor qildi. Afsuski, isonchilar Turkiyaning obro‘yiga jiddiy putur yetkazdilar. Bizning ko‘chalarimizda tanklarni va paralment qanday qilib bombardimon qilinganini ko‘rgan odamlar Turkiyaga qaytib kelmaydilar", — deya iqtibos keltirgan vazir nutqidan Hurriyet nashri.

Minglab odamlar hibsga va qamoqqa olindi

Davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdan keyin Turkiyani hibsga olish "ummoni" qoplab oldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, iyul oyi oxiriga qadar qo‘lga olinganlar soni 25 mingdan oshib ketgan.

Turkiyadagi ison - Sputnik O‘zbekiston
Turkiya hukumati harbiy isondan keyin 11 mingga yaqin kishini pasportdan mahrum qildi
Turkiya Ichki ishlar vaziri Efkan Olaning so‘zlariga ko‘ra (uning so‘zlaridan Anadolu agentligi iqtibos keltirgan) ison ro‘y bergan vaqtdan boshlab 26 mingga yaqin kishi qo‘lga olingan. Shulardan 10 mingga yaqini hibsga olingan.

Ommaviy hibsga olish ishlari, boshqalar bilan bir qatorda, yuqori lavozimga ega mansabdorlar orasida ham olib borilgan. Masalan, Anqara prokuraturasi tomonidan 44 kishi, shu jumladan, gubernatorlar, vitse-gubernatorlar va boshqa rahbarlarni hibsga olish uchun order chiqarilgan.

Mansabdorlaning barchasi isonni tashkil qilganlikda ayblanayotgan, muxolifatchi imom Fatxulla Gulen bilan aloqadorlikda gumonlanmoqda.

Turkiya hukumati pasportlar orqali ham zarba berishni unutmadi. Ichki ishlar vaziri so‘zlariga muvofiq, mamlakatda 74562 kishining pasporti bekor qilingan.

Generallarning taxminan teng yarmi "tozalangan"

Eng keng ko‘lamdagi tozalash ishlari oliy armiya qo‘mondonligida bo‘lib o‘tdi. Isonni amalga oshirishga urinishdan keyin 163 nafar general va admirallar (umumiy miqdorning 40%i) qo‘lga olindi. Mamlakat piyoda qo‘shinlaridagi 198 nafar generaldan 87 nafari, Harbiy Havo kuchlaridagi 72 nafar generaldan 30 nafari, Harbiy Dengiz Kuchlarida esa 55 admiraldan 32 nafari ishdan haydaldi. Turkiyaning Resmi Gazete rasmiy nashrida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, jami 1684 nafar ofitserlar ishdan bo‘shatilgan.

167 nafar generallar yangi lavozimlarga tayinlangan. Piyoda qo‘shinlari qo‘mondonligida — 94 general, HHK — 44, HDK — 22 admiral yangi tayinlovlar olgan.

Bundan tashqari 6 general va 1 admiral Istambuldagi Harbiy-tibbiy akademiyadagi tuzilmalarga tayinlov olgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Turkiya havo hududida patrul parvozlarni amalga oshirishga buyruq berdi
Ko‘plab harbiylar hozirga qadar qidirilmoqda. Reyter agentligi (Turkiya Mudofaa vaziri Fikri Ishik bayonoti asosida) bergan ma’lumotga ko‘ra, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish ishi bo‘yicha 311 nafar harbiy, shu jumladan 9 nafar generalga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Hukumatning ishontirib aytishiga qaraganda, bu ishlarning hech biri mamlakat qurolli kuchlari jangovor tayyorgarligi holatiga mutlaqo ta’sir etmaydi. "Armiya tozalangach… u yanada ishonchli bo‘ladi, uning jangda samaradorligi ortadi", — deya bayonot qilgan Turkiya TIV rahbari Mavlyut Chavushoglu.

Turk armiyasi — son jihatdan NATOda ikkinchi o‘rinda turadi. 2014-yilgi ma’lumotlarda Turkiya armiyasi soni 610 ming kishini tashkil qilgan, undan keyingi o‘rinlarda turgan fransuz va Britaniya armiyasi turk armiyasiga nisbatan uch karra kamdir.

Bo‘shatishlar: gubernatorlardan tortib futbolgacha

Ishdan olib tashlashlar faqat harbiy sohada ro‘y berayotgani yo‘q. Turkiya Bosh vaziri Binoli Yildirim bergan xabarga muvofiq, davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinish ishi yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruvlar doirasida 58611 kishi ishdan chetlatilgan.

Anadolu agentligi undan ham ko‘proq kishi o‘z ishidan mahrum bo‘lgani haqida yozgan. Nashrda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 66 ming davlat xizmatchilari o‘z lavozimlaridan chetlatilgan, "tozalash" ishlari barcha vazirlik va muassasalarga "tegib" o‘tgan.

Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘on - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Gulenni plagiatchi, uning tarafdorlarini esa lo‘ttibozlar deb atadi
"Tozalash" ishlarining eng ko‘p qismi Ta’lim vazirligi tizimida ro‘y berdi — 43 ming kishiga yaqin. Turkiya hukumati, muxolifatchi imom Fatxulla Gulenga shu soha ko‘proq tegishli, deb hisobladilar chog‘i. Bundan tashqari, 1669 ta o‘quv muassasalari va yotoqxonalarni yopish haqida qaror qabul qilindi, deya xabar bergan Haberturk telekanali.

Undan keyingi o‘rinlarda IIV (8,8 ming), Sog‘liqni saqlash vazirligi (5,6 ming), Moliya vazirligi (1,5 ming) va Diniy ishlar bo‘yicha boshqarma (1,1 ming) kelmoqda.

Mudofaa, energetika, ijtimoiy muhofaza, qishloq xo‘jaligi va transport vazirliklarida mingga yaqin xodimlar ishdan bo‘shatilgan.

Saba gazetasi, shuningdek, Turkiya milliy aviatashuvchisi bo‘lmish Turkish Airlines  kompaniyasining yuzdan ziyod xodimlari ishdan bo‘shatilgani haqida xabar bergan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular orasida kompaniya rahbarlari ham bor.

Tozalash ishlari, bir qarashda siyosatdan uzoq bo‘lgan soha — sportni ham aylanib o‘tmadi. Harholda, turk futboli yo‘qotishlarni boshdan kechirdi.

"Turkiya futbol federatsiyasi 94 xodim, shu jumladan, arbitrlar, ularning yordamchilari, regional hakamlar qo‘mitasi a’zolari hamda kuzatuvchilar bilan munosabatlarni uzishga qaror qildi", — deb xabar qilgan tashkilot.

OAV ham sharmanda qilindi

Ison tufayli jurnalistlar ham ta’qibga olindi. Turk hukumati uch axborot agentliklari, 16 TV kanallari, 23 radiostansiyalar, 45 gazeta va 15 jurnallarni yopishga farmon berdi. 20 dan ortiq axborot-saytlariga kirish blokirovka qilindi, 29 nashriyot litsenziyadan mahrum qilindi.

Jurnalistlarni himoya qilish Qo‘mitasi ma’lumotlariga muvofiq, Turkiya hukumati 88 nafar OAV xodimlarini hibsga olish uchun order chiqargan. 330 nafarga yaqin jurnalistlar akkretidatsiyadan mahrum bo‘lgan.

Qo‘mita Turkiyadagi OAV sohasida ro‘y berayotgan hodisalarga "Jodugarlar ovi" deb nom berdi.

"Hukumat darhol barcha qo‘lga olingan jurnalistlarni ozod etishi lozim. Biz shunga chaqiramiz", — deydi Qo‘mitaning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Nina Ognyanova.

Uch oylik Favqulodda vaziyat

Turkiya hukumati isondan so‘ng inson huquqlari sohasida bir qator keskin o‘zgartirishlar kiritishini e’lon qildi.

Har holda, 15-16 iyul hodisalaridan keyin bir qator qat’iy choralar haqida gap ochildi. Misol uchun, o‘lim jazosini qaytarish haqida.

Berlin, Reyxstag binosi - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya: o‘lim jazosi mavjud mamlakat YeIga a’zo bo‘la olmaydi
"Fuqarolarning 57% shuni istaydi, va parlament bu uchun ovoz bersa, o‘lim jazosi kiritilishiga hech kim qarshilik ko‘rsata olmaydi", — deb bayonot qilgan Erdo‘g‘on RaiNews24 italyan telekanali efirida.

Erdo‘g‘onning bu so‘zlari G‘arbda keskin tanqid qilindi. Yevropa Komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker, masalan, agar Turkiya o‘lim jazosini qayta tiklaydigan bo‘lsa, Yevropa Ittifoqi mamlakatning yevropa blokiga kirish uchun boshlangan jarayonini to‘xtatishini ma’lum qildi.

Hozircha bu masala bo‘yicha qaror qabul qilingani yo‘q, lekin Turkiyada uch oy davomida favqulodda holat davom etadi. Erdo‘g‘on so‘zlariga ko‘ra, bu isonga aloqadorlarga qarshi samarali va tez choralar ko‘rish uchun amalga oshirilgan. Shu bilan birga, turk yetakchisi bu holat demokratiya, inson huquqlari va erkinliklariga zarar yetkazmasligi, aksincha ularni mustahkamlashi haqida fikr bildirgan.

Aytgancha, Turkiya hukumati Favqulodda holat bekor qilinishini kechiktirmaslikka va’da bergan.

"Biz favqulodda holatni iloji boricha tezroq — uzog‘i bilan 6-7 hafta ichida bekor qilamiz degan umiddamiz", — deb aytgan Turkiya Bosh vaziri o‘rinbosari No‘mon Kurtulmush NTV telekanali efirida.

Yangiliklar lentasi
0