“Turk oqimi” va “Akkuyu” AESi qurilishi bo‘yichi ildam qadamlar tashlanmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishVstrecha ministra ekonomicheskogo razvitiya RF A.Ulyukayeva s ministrom ekonomiki Tursii N.Zeybekchi
Vstrecha ministra ekonomicheskogo razvitiya RF A.Ulyukayeva s ministrom ekonomiki Tursii N.Zeybekchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya Iqtisodiyot vaziri aytishiga qaraganda "Turk oqimi" gaz o‘tkazgichi hamda "Akkuyu" atom elektr stansiyasi qurilishi borasida hal qiluvchi qaror allaqachon qabul qilingan, endi esa navbat - taaluqli vazirliklar va korxonalarga.

OShKENT, 26-iyul — Sputnik. “Turk oqimi” gaz o‘tkazgichi va “Akkuyu” AESi qurilishi haqidagi qaror allaqachon qabul qilingan, 9-avgustda o‘tadigan prezidentlar uchrashuvi ushbu loyihalarga yangi turtki beradi, dedi Turkiya energetika vaziri Nixat Zeybekchi.

“Ushbu ikki loyiha bo‘yicha siyosiy qaror allaqachon qabul qilingan. Ya’ni, ular amalga oshadimi yo‘qmi degan savolga allaqachon javob berilgan, keyingi qadam esa ikki mamlakatning taaluqli vazirliklari tomonidan qo‘yilish kerak. Gazprom-Botas orasida muzokaralar allaqachon davom etmoqda. Bizning vazifamiz — masalaning ikkala tomonni ham qoniqtiradigan yechimini topish”, — dedi Zeybekchi Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida.

Oldin xabar berganimizdek, Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Turkiya rahbari Toyyip Erdo‘g‘on 9-avgustda Sankt-Peterburgda  uchrashishni rejalashtirishgan.

Bugun Moskvaga Turkiya Iqtisodiyot va Energetika vazirliklari delegatsiyasi ikki tomon uchun muhim bo‘lgan masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazish uchun keldi.

 

Yangiliklar lentasi
0